www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Muhammadniyoz devonbegi uch ming otli va olti yuz piyoda va bir to‘p bila yamut ustiga ketdilar.
Ya’qubboyni ham uch ming otli va olti yuz piyoda va bir to‘p bila yubordilar. Hakim otaliq borib
Qarodoshlining hadida sangar etdi. Ya’qubboy ham kelib Qarodoshlining g‘arb tarafida sangar etdi.
Muhammadniyoz devonbegi ham Hakim otaliqning qaribida sangar etdi. Muhammadmurod devonbegi
yormish bo‘yida Kenagasda sangar etdi. Tokim yamutni daryo bo‘yig‘a o‘tkarmagaylar. Yamutlar
hujum etib, Qarodoshlining g‘arb tarafidin daryo kenorig‘a
91
o‘tmakchi bo‘ldilar. Hamma sangarning
sarkardalari navkarlari bila hujum etib oldiga chiqib yamut bila urush boshladilar. Soate erdikim,
Ya’qubboy to‘plarni olib kelib, yamutlarning taraflariga to‘p ot-durmoq bunyod etdi.
Asr
92
vaqti erdi, yamutlar kam-kam urushg‘a orqa berib, qayta berdilar va Qarrov oyog‘idoqi
yig‘noqlarig‘a ketdilar. Sarkardalar ham o‘z sangarlariga borib qaror tutdilar. Mundin besh kun
o‘tgandin so‘ng, Hakim otaliqning sangarining yonidinkim, oni Bangi sangari ham derlar, yamutlar
hujum etib kelib sangarga yugurdilar. Ahli sangar ham chiqib, urushg‘a muqayyad
93
bo‘ldilar. Hakim
otaliq sangarning darvozasiga kelib turdi. Farnov xostli shamxolchilardin yigirma kishi bor erdilar.
Sangar ichida shamxol otmoqg‘a muqayyad bo‘ldilar. Yovuq erdikim, yamut sangarni olg‘ay, ul
vaqtda Ya’qubboy to‘p bilan kelib yamutlarning taraflariga To‘p otdurmoqg‘a muqayyad bo‘ldi.
Yamutlar, tob keltura olmay, bosilib ketdilar.
Sangarlarning atroflarida har kun bu tariqa urushlar bo‘lur erdi. Bir kun Ko‘rganli bir yamutkim,
Qaroboloq laqabi bila mulaqqab erdi, bag‘oyat zabardast va mergan erdi. Bir miqdor yamutg‘a bosh
bo‘lub, Muhammadmurod devonbegining sangariga kelib urush boshladi. Lashkarga ondin ko‘p
dastdburdlar
94
yetdi, bir kun Muhammadmurod devonbegi dedi: «Har kishi ushbu Qaroboloqni otini
ursa, besh yuz tillo va o‘zuni ursa, ming tillo berurman». Pahlavonniyoz yuzboshi bu so‘zni eshitib, bir
ko‘hna yof
95
ning ichi bila buqub yurub maydonning bir tarafida bir ko‘hna devor bor erdi, oning
panohig‘a bordi, ul vaqtda Qaroboloqmaydong‘a ot solib keldi. Pahlavonniyoz onga bir o‘q otdi. O‘q
otig‘a tegib yiqildi. Qaroboloq otdin judo bo‘lub bildikim, ul devorning orqasida kishi bordur, ul yerda
bir necha to‘p yulg‘un bor erdi, oning panohiga kirib turdi. Ul vaqtda Pahlavonniyoz boshig‘a kiygan
nimani miltuqning uchig‘a ildurub, ohista yuqorig‘a ko‘tardi. Qaroboloq oni miltuq otgan kishining
o‘zi gumon etib miltuq bila oni urdi. Ul vaqtda yamutlar bildilarkim, emdi ul mergan Qaroboloqning
ustiga borib oni qatl etar. Filhol, hujum etib ot soldilar. Bu tarafdin Xavaq lashkari ham ot solib kelib
Pahlavonniyozni olib qaytdilar. Yamutlar Qaroboloqni olib qayttilar.
Ikki kun oradin o‘tdi. Pahlavonniyoz yuzboshi va Avazmurodboy va Muhammad Qurbon yuzboshi
va Mutish qulon maslahat etib dedilar: «Ertang urush bo‘lg‘onda hamma o‘qni Qaroboloqg‘a otinglar».
Alqissa, ertang maydon orasta bo‘ldi. Bahodirlar maydong‘a ot solib, hamma o‘qni Qaroboloqg‘a
otdilar, Qaroboloq pora-pora bo‘ldi, Yamut lashkari bu voqeani ko‘rub, shikast topib kettilar. Ondin
so‘ng, yamutlar ko‘rdilarkim, endi ish qabohatg‘a oid bo‘lg‘udekdur, tamomi yamut kadxudolari
96
jam’ bo‘lub, maslahat etib dedilar: «Emdi sulh qilmosoq, bular hammamizni qatlu asir etarlar». Bas,
Mahram Qujuqni elchi qilib sulh talabi uchun yubordilar.
Mahram Qujuq kelib devonbegini ko‘rub, kadxudolarning so‘zlarini bayon etdi. Devonbegi dedi:
«Sulh qilurmiz, baqavlekim, Sori sardor kelsun. Bas, oning yonig‘a bog‘chali Muhammadniyoz
bahodirni qo‘shub yubordi. Mahram Qujuq borib kadxudolarg‘a devonbegining so‘zlarin bayon etdi.
Kadxudolar xushhol bo‘ldilar.
Sori sardor Muhammadniyoz Bahodir bila kelib devonbegini ko‘rub necha uzrlar bilan dedi:
«Bizlar xon hazratlarining boyri
97
navkarlaridurmiz. Bir necha o‘g‘ri va avboshning sababi bila
91
Kenor—hirg‘oq.
92
Asr—quyosh botishiga yaqin vaqt; shu vaqtda o‘qiladigan namoz ham ushbu nom bilan yuritiladi.
93
Muqayyad bo‘lmoq—bog‘lanmoq, ulanmoq, band bo‘lmoq.
94
Dastburd—zarba, shikast, zarar.
95
Yof - ariq.
96
Kadxudolar—oqsoqollar, boshliqlar, rahbarlar.
97
Boyri—sinashta, eski, qadimiy.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |