Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti tyutorlari tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yashash sharoitlari bilan tanishib chiqish jarayoni bo‘yicha
BAYONNOMA
29-noyabr 2021-yil Toshkent shahri
Qatnashdi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Pedagogika va psixologiya” fakulteti tyutori S.Islomova, talabalardan “Amaliy psixologiya” yo‘nalishi 103-guruh talabasi Abdunazarova Sabina.
KUN TARTIBI
Fakultetda tahsil oluvchi ijarada istiqomat qiladigan talabalarni turmush sharoitlari bilan tanishish.
Fakultetda tahsil oluvchi ijarada istiqomat qiladigan talabalarni turmush sharoitlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish.
Eshitildi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakulteti Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nilufar Matkarimova boshchiligida tyutorlar talabalarni yashash sharoitlarini, joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralarini, yashab kelayotgan xonalarida gigiyena talablariga javob berishini o‘rganish maqsadida talabalarni ijara manzillariga tashrif buyurishdi.
Tyutorlar Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Gulobod MFY 1-uy 17-xonadonda istiqomat qiluvchi Pedagogika va psixologiya fakulteti “Amaliy psixologiya” yo‘nalishi 103-guruh talabasi Abdunazorova Sabinaning yashash manzili o‘rganilib, talabalarning uy egasi va qo‘shnilar bilan aloqasi yaxshiligi, yashash sharoitlari qoniqarli ahvolda ekanligi, gaz plitalarni texnika xavfsizlik qoidalariga javob berishi, oshxonada ovqat tayyorlash uchun yetarli sharoitlarning mavjudligi, gigiyena talablariga javob berishi, talabani dars tayyorlash uchun yetarlicha sharoitlar bilan ta‘minlanganligi aniqlandi.
Ijarada istiqomat qiluvchi talabaning sharoitlarni o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
“Amaliy psixologiya” yo‘nalishi 103-guruh talabasi Abdunazarova S Toshkent shahar Chilonzor tumani 15 kvartal 15-uy 63-xonadonda ijarada turishi, oshxona sharoitlari gigiyena talablariga hamda xavfsizlik qoidalariga javob berishi.
Talabaning turar joyidan ehtiyojlari qiniqtirishi.
Talaba tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob berishi, talabalarda birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik bo‘yicha bilimlarining yetarli ekanligi o‘rganilib, ular bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
QAROR QILINDI:
Ijarada istiqomat qiluvchi talabaning turmush sharoitlari qoniqarli, gigiyenik talablarga javob berishi.
Ijarada istiqomat qiluvchi talabaning turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish.
Fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha
dekan o‘rinbosari: N. Matkarimova.
Fakultet tyutori: S.Islomova.
Do'stlaringiz bilan baham: |