www.ziyouz.com kutubxonasi
16
hayosiz va natijada narkotik og‘u mubtalosi bo‘lgan yoshlarni qutqarish tashvishida boshi qotgan. Bir
tomondan esa, bizga ham ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bizning yoshlarimizni ham domiga tortmoqda. Bir
gazitda bunday bir ma’lumotga duch keldim: "Amriqoda to‘rtta shtatda 1200 ayol orasida o‘tkazilgan
tekshirish ulardan 43 foizi erlariga xiyonat qilib, aldaganlarini ko‘rsatdi". Amriqo shunday bo‘lsa,
Fransani, Shvetsani o‘zing tasavvur qilaver.
O’lkamizda G’arb bunday axloqsizliklarni yoyishi ba’zi mutasaddilarning ruxsati bilan yanada
tezlashmoqda. Agar yoshlarimiz G’arbga maftun bo‘lib, g‘arblashish payiga tushsa, natija juda yomon
bo‘ladi...
Ammo shunisiga ham shukr qilib ayta olamanki, millatimiz va oilaviy ahvolimiz hali bunday ayanchli
holatga tushgani yo‘q. Yana bir bor chuqur o‘ylab ko‘rishga imkonimiz bor. Zotan, bir asrga yaqin
chekkan iztirob va yaralarimiz hali bitganicha yo‘q. Bu yaralarni davolash sizlardek nomusli va
g‘ayratli, vatani, millati va dini haqida qayg‘uradigan, imonli nasllarning harakatlari va g‘ayratlari bilan
amalga oshajakdir, inshaalloh...
Salom bilan..."