Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Semizlik va uning oqibatlarini, tana
massasining me'yoridan oshib ketishi bilan bog‘liq masalalarni bugungi kun
nuqtai-nazaridan o‘rganish turli aholi guruhlarida, jumladan kam harakatlikka
duchor bo‘lgan keksa yoshdagi kishilarda uchraydigan turli patologik o‘zgarishlar
va xavfli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek bu muammoni
o‘rganish iqtisodchilar, jamiyatshunoslar, tibbiyot xodimlari va boshqa turli kasb
egalarining ham o‘rganish mavzusi bo‘lib, bu o‘z navbatida aytib o‘tilgan
muammoni keng qamrovli ravishda o‘rganishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |