tamom qiladi va sujudi sahv unga vojibdir.
42-masala. Namozxon sahvan oxirgi qa’daga o‘tirmasdan (qiyomga) turib
ketsa, qa’da qilmagani yodiga tushsa, modomiki sajda qilmagan bo‘lsa, qa’daga
qaytadi va sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.
Agar ul rak’atda sajda qilgan bo‘lsa, peshonasini yerdan ko‘tarishi bilan farz namozi
naflga aylanadi. Agar xohlasa, garchi asr yo bomdod namozlarida bo‘lsa ham, yana bir
rak’at o‘qiydi va sahvi uchun sajda qiladi va namozni farz tariqasida qayta o‘qiydi. Lekin
shom namozida boshqa rak’at o‘qimasdan salom beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |