RUKNNI KECHIKTIRIB ADO QILISH
7-masala. Namozxon uchinchi rak’atga turishdan oldin tashahhudni ziyoda
qilib, bir rukn miqdoricha qiyomni ta’xir qilsa (kechiktirsa), sujudi sahv qilmoq
unga vojibdir.
Ya’ni tashahhudni o‘qidi yo tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirdi, andin so‘ng tashahhudga
sahvan biron narsani ziyoda qildi, bu ziyoda qilgani bir rukn miqdori bo‘lsa, sujudi sahv
qilmoq vojibdur.
Bilmoq kerakkim, rukn miqdori haqida ikki mu’lama bor. Asahh qavlga ko‘ra, faqat
“Allohumma salli ‘alo Muhammad” deyish miqdoricha va Bihi yuftoda (bu hukmga fatvo
beriladi) qavliga ko‘ra esa, “Allohumma salli alo Muhammadin va alo oli Muhammad”
deyish miqdorichadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |