Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
28-bob Oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan qaytarilgani haqida
510/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan man etdilar.
511/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan birortangiz doimiy oqmay turib
qolgan suvga bavl qilmasin,
axir u
suvda yuvinadi-ku», dedilar.
512/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan rivoyat
qilib bir nechta hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oqmay
turib
qolgan suvga bavl qilma, axir u suvda yuvinasan-ku», dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: