25-bob
Munofiqning xislatlari haqida
173/1. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «To‘rt xislat borki, ular kimda topilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimda ana
shu xislatlardan birortasi bo‘lsa, to uni tark qilgunicha o‘sha kishida munofiqlikdan bir
xislat bo‘ladi. Ular agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; ahdlashsa, xiyonat qiladi; va’da bersa,
xilof qiladi; xusumatlashsa, haqdan yuz o‘giradi», dedilar.
174/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir - agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa,
xilof qiladi; omonat berilsa, xiyonat qiladi», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan. Lekin oxirida «Agar ro‘za tutib,
namoz o‘qib, o‘zini musulmon deb da’vo qilsa ham» so‘zi ziyoda qilingan.
26-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |