Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
4-bob Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi iymon hamda buyurilgan narsani
mahkam tutgan kishining jannatga kirishi haqida
99/1. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy kishi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam safardaliklarida ro‘paralariga chiqib, tuyalari tizginini (yoki
jilovini) ushlaganicha: «Ey Allohning rasuli (yoki ey Muhammad), jannatga
yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amal haqida menga xabar bering», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni gapirishdan to‘xtatdilar. Keyin sahobalariga
qarab: «Haqiqatda (foydali savol berishga) muvaffaq etildi yoki hidoyat qilindi», dedilar-
da, unga qarab: «Nima deding?» dedilar. U avvalgi gapini qaytargan edi, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Allohga ibodat qilasan, Unga hech narsani sherik qilmaysan,
namozni ado etasan, zakotni berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan, endi
tuyaning jilovini qo‘yib yubor», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
100/2. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga dalolat qilingki,
uni qilsam, jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoq qilsin», deganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmay ibodat qilasan, namozni
qoim qilasan, zakot berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan», dedilar. Bu kishi
orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar buyurilgan
narsani mahkam ushlasa, jannatga kiradi», dedilar.
Ibn Abu Shaybaning rivoyatlarida «Agar uni mahkam ushlasa» bo‘lib kelgan.
101/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki,
agar uni qilsam, jannatga kirayin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga biror narsani sherik etmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz
qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan», dedilar. Shunda u kishi:
«Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham,
kamaytirib ham yubormayman», dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa,
mana bu kishiga nazar solsin», dedilar.
102/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nu’mon ibn Qavqal Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Nima deysiz, agar farz
namozlarini o‘qisam, harom narsalarni harom, halol narsalarni halol deb bilsam,
jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «Bunga biror narsani qo‘shmayman» lafzi ziyoda
qilingan.
103/5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan: «Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam,
halol narsalarni halol, harom narsalarni harom deb bilsam va bunga bironta narsani
ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |