78-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Nurni qaerdan ko‘rayin?»
yoki «Nurni ko‘rdim», degan so‘zlari haqida
347/1. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan «Rabbingizni ko‘rganmisiz?» deb so‘rasam, u zot: «Nurni qaerdan
ko‘rayin?» (ya’ni, «Nur Uni ko‘rishdan to‘sib qo‘ydi») dedilar.
348/2. Abdulloh ibn Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Zarr roziyallohu
anhuga: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rsam, bu haqda so‘rayman»,
desam, Abu Zarr roziyallohu anhu: «Qaysi narsa haqida so‘raysan?» dedilar. Men: «(U
zotdan) «Rabbingizni ko‘rganmisiz?» deb so‘rayman», desam, Abu Zarr roziyallohu
anhu: «Men bu haqda so‘rasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nurni
ko‘rganman», deb aytganlar» (ya’ni, «Nurning o‘zini ko‘rdim, boshqa narsani
ko‘rmadim»), dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |