Microsoft Word safety(eng, rus, uz). doc


Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari



Download 10,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/196
Sana06.03.2022
Hajmi10,99 Mb.
#483647
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   196
Bog'liq
Occupational-safety-and-health-issues-in-buildings-TUIT-uzb

Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari 
xaqida tushuncha 
Aloqa korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat 
sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, 
me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik 
ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb 
kasalliklariga olib kelishi mumkin. 


347 
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi 
mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri 
natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. 
Jarog‘atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, 
suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan 
kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish 
va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi 
qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. 
Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam 
yuritiladi. 
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, 
ishlab chikarishda, ish joyida jarohatlanish, 
ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi, 
ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jaroxatlanish. 
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan 
jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan 
buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, 
zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki 


348 
ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish 
vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish 
vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida 
yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq 
ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir 
ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan 
iborat. Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish 
natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini 
o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi 
jarohatlanishlar kiradi. 
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, 
sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har 
qanday baxtsiz hodisaga javobgar xisoblanadi. 
Ma’muriyat birinchi va ikki turdagi baxtsiz xodisa, 
ya’ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan 
taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga 
uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan 
kunlari uchun to‘liq xaq to‘lanadi. 
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan 
xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yul qo‘yilgan 


349 
xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni 
muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal 
qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi 
ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar 
hisoblanadi. 
Bunda 
moddiy 
to‘lov 
mikdori 
ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik 
darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga 
asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq, bo‘lgan 
jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona 
tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan. 
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi 
natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan 
zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish 
yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy 
zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish 
yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi 
natijasida kelib chiqishi mumkin. 
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz 
bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq 
muddat davomida zaxarli moddalar yig‘ilishi
natijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi. 


350 
Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi. 
Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida 
ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar 
kiradi. Masalan, xavo bosimining ortiq yoki kam 
bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib 
chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, 
yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit 
va yara kasalliklari kelib chiqadi. 
Sanoat 
korxonalarida 
ishlab 
chiqarish 
jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib 
bo‘lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz 
berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan 
tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak. 
Shuning 
uchun 
xam 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa 
xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. 
Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan 
qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l 
qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini 
hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish 


351 
sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va 
kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi. 

Download 10,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish