Microsoft Word safety(eng, rus, uz). doc


Ekologik javobgarlik tushunchasi



Download 10,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/196
Sana06.03.2022
Hajmi10,99 Mb.
#483647
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   196
Bog'liq
Occupational-safety-and-health-issues-in-buildings-TUIT-uzb

Ekologik javobgarlik tushunchasi 
Ekologiya sohasidagi javobgarlik davlat, jamiyat va 
insonning jamiyat oldidagi, hozir yashayotgan va kelgusi 
avlod oldidagi, muayyan inson va tabiatdan 
foydalanuvchi shaxs oldidagi javobgarligidir. Ekologik 


807 
huquqiy 
javobgarlik 
esa 
— 
umumhuquqiy 
javobgarlikning turlaridan biri. U sodir etilgan ekologik 
huquqbuzar lik uchun huquqning bo’zilgan normasida 
belgilangan sanksyaga muvofiq noxush oqibatlarga 
duchor bo’lish majburiyatini bildiradi. 
Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar 
yetkazishning oldini olish va zarar etkazilgan taqdirda 
uni qoplash borasidagi munosabatlarni ifodalovchi 
normalardan iborat iqtisodiy huquqiy kompleksdir.
Ekologik javobgarlik uchta funksiyani bajaradi: 
1) rag’batlantirish, 
2) qoplash, 
3) preventiv (oldini olish). 
Rag’batlantirish funksiyasi 
ekologik muhofaza 
qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va huquqiy rag’batlar 
mavjudligida namoen bo’ladi; 
qoplash funksiyasi 
tabiiy 
muhitga etkazilgan yo’qotishlarni natura yoki pul 
shaklida qoplashga qaratilgan; 
preventiv funksiyasi 
esa 
jazo choralarini qo’llash va zararni undirish orqali 


808 
ekologik munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga 
majburan ta’sir ko’rsatadi. 
Ekologik javobgarlik iqtisodiy va huquqiy shaklda 
namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiy shakl 
huquqqa mos faoliyatga asoslanadi 
va atrof muhitni ifloslantiruvchi shaxsni chiqitlarni 
kamaytirshiga iqgisodiy usullar, avvalo, moddiy 
manfaatdorlik bilan qiziqtirish orqali tartibga solinadi. U 
jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatning 
«ifloslantiruvchi to’laydi» degan umumiy prinsipidan 
kelib chiqadi. 
Huquqiy javobgarlik 
huquqqa xilof qilmishlar 
natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy huquqiy 
usullar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda, ushbu 
shakllar ekologik huquqiy javobgarlik institutini tashkil 
etadi va mustahkamlaydi. 
Ekologik iqtisodiy javobgarlik, huquqbuzarlik 
holati bo’yicha kelib chiqilgan huquqiy javobgarliqdan 
farqli ravishda, zarar yetkazish holati bo’yicha yuzaga 
keladi. 


809 
Ekologik huquqbuzarlik 
O’zbekistonda o’rnatilgan 
ekologik huquqiy tartibga tajovuz qiluvchi hamda tabiiy 
muhitga zarar etkazuvchi yoki shunday zarar 
yetkazishshshg 
real 
xavfini 
yaratuvchi, 
aybli, 
g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir. 
Uning tarkibiga huquqbuzarikning sub’yekt(lar)i, 
sub’yektiv tomoni, ob’yekti, ob’yektiv tomoni, 
oqibatlari hamda qonun buzilishi bilan yuz bergan natija 
o’rtasidagi sababiy aloqadorlik kiradi. 
Ekologik 
jinoyat 
O’zbekistonda 
o’rnatilgan 
ekologik huquqiy tartibga, jamiyatning ekologik 
xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy 
muhitga va inson salomatligiga zarar etkazuvchi aybli 
ijtimoiy 
xavfli 
qilmishdir. 
“Ekologik 
jinoyat” 
tushunchasining mazmunini tashkil etuvchi asosiy 
jihatlar ekologik huquqiy tartib hamda atrof tabiiy muhit 
va inson salomatligiga hamda uni genofondiga 
etkaziladigan ekologik zarardir. 
Ekologik huquqiy tartib — 
tabiatni muhofaza 
qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik talablarini 


810 
amalga oshirish bo’yicha ekologik huquq-buzarliklar 
tizimi, Boshqacha aytganda, bu ekologik huquqiy 
normalar amal qilishining natijasidir. 
Ekologik huquqiy tartibning tarkibiy qismini 
ekologik xavfsizlik 
tashkil etadi. Ekologik xavfsizlik 
insonning hayoti uchun muhim bo’lgan ekologik 
manfaatlari, avvalo, uning toza, sog’lom yashashi uchun 
qulay atrof tabiiy muhitta ega bo’lish huquqidan kelib 
chiquvchi ximoyalanganlik holatidir. 

Download 10,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish