16
I. KIRISH
Ushbu dasturda «Hayot faoliyat xavfsizligi.
Ekologiya» fanining mazmuni, predmeti va metodi,
uning mohiyati, maqsadi va vazifalari, insonning
yashash muxiti (ishlab chiqarish, maishiy, shahar,
tabiat) bilan xavfsiz muloqotda bo'lish, favqulotda
vaziyatlarning salbiy omillaridan himoyalanish
masalalari kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik
nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o'z aksini
topgan. Bu fanni o'rganish orqali mutaxassis kasbiy
faoliyati davomida xavfsizlik va himoyalanish chora-
tadbirlarini to'liq o'zlashtiradi. Bu talablarga to'liq
rioya qilish insonlarning ish qobiliyatini va
sog'liklarini to'liq saqlashi va ekstremal vaziyatdan
chiqa olishga tayyorgarligini oshiradi. Hayot faoliyati
xavfsizligi.
Ekologiya» fanining asosiy maqsadi insonning
barcha ko'rinishdagi faoliyati davrida yuzaga
keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish
sabablari va bartaraf etish yo'llarini puxta o'rgatish
17
orqali talabalarda hayotiy faoliyat xavfsizlignini
ta'minlashga qaratilgan kasbiy hamda ijodiy-ilmiy
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishdan
iboratdir.
Fanning vazifasi ishlab chiqarishda xavfsiz va
sog'lom ish sharoitlarini yaratish, favqulodda
vaziyatlarda hayot faoliyat xavfsizligini ta'minlash,
inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlar, texnika
ta'sirida o'zgargan atrof-muhitning inson sog'ligiga
salbiy ta'siri hamda eng muhim ekologik omillar va
ular o'rtasidagi bog'liklar to'g'risida nazariy bilim
berish va amaliy kunikmalar hosil qilishdan iborat.
«Hayot faoliyat xavfsizligi. Ekologiya» fanini
o'zlashtirish jarayonida bakalavr:
-
hayot
faoliyati
xavfsizligining
asosiy
nazariyasini, «inson va uning yashash muhiti»
tizimini;
- hayot faoliyati xavfsizliginiig o'ziga xos
qonuniyatlarini, texnik me'yorlarini joriy qila olishni;
- insonning fiziologiyasini bilgan xolda mehnat
sharoitlarni to'g'ri tashkil qilishni;
18
- jarohatga olib keluvchi zararli va xavfli
omillarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlarni aniqlash va
chora-tadbirlar ishlab chiqishni;
- favqulotda vaziyatlar sharoitida jarohatlovchi,
zararli va xavfli omillarni aniqlay olish;
- texnik vositalar va texnologik jarayonlarning
xavfsizligini
ekologik
zararsizligini
va
mustaxkamligini oshirish manbalari va usullarini;
-
ekologiya
va
insoniyatning
o'zaro
munosabatlarini, ekologik xalqaro munosabatlarni,
ekologiya sohasidagi qonunchilikni;
- ishlab chiqarish ob'ektlarining barqaror va
xavfsiz ishlatish usullarini va texnik tizimlarining
favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligini tadqiq qilishni
bilishi kerak;
- uskunalarning ko'rsatkichlarini va salbiy ta'sir
qilish darajasini me'yoriy talablarga mos kelishini
nazorat qilish;
- jarohatlanishga olib keluvchi holatlarda himoya
vositalaridan samarali foydalana bilish;
19
- ishlab chiqarish faoliyatida tozalikni ta'minlash
va xavfsizlikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
- xodimlar va aholini favqulotda vaziyatlar
sharoitida himoyalash tadbirlarini rejalashtirish;
- zarur bo'lganda favqulodda vaziyat oqibatlarini
tugatish va qutqarish ishlarida amaliy ishtirok etish;
- elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan
zararlanganlarga
birinchi
yordam
ko'rsatish
ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
- fanni o'rgatish natijasida talaba hayot faoliyati
xavfsizligi va ekologik talablariga javob beruvchi
shart-sharoitlarni aniqlash va zaruriy hisoblash
ishlarini amalga oshirish malakalariga ega bo'lishi
kerak.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |