REGISTRLAR
(2 soat)
Reja: ketma-ket raqamli qurilmalar. Registrlar: siljitish, parallel, kema-
ketli, reversiv. Qo‘llanilish sohalari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli
ta’lim. Blits, algoritm, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: [A1. B.273-277]; [A3. B.301-317].
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli
ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada
saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi
triggerlar majmuasidan iborat. Trigger – esa xotira elementi bo‘lib, ularga
qo‘shimcha ulanayotgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa
maxsus funktsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda
bir triggerdagi ma’lumot keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish
funktsiyasini bajaradi, demak bunday registr siljitish registri deb ataladi.
Chapga va o‘nga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari
ma’lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko‘rinishidagi ma’lumotlar guruhi
ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko‘ra siljitish registrlari kirishlariga
berilsa, u holda registrni bir-nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin.
Xuddi shunday usulda registrdagi ma’lumotlarni undan chiqarib yuborish
mumkin.
Parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumot kiritish mumkin bo‘lgan
siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket
ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek,
universal registrlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni chapga va o‘nga
siljitadilar.
To‘g‘ri va teskari kod tartibida ma’lumot chiqaruvchi registrlar ham
mavjud. To‘g‘ri kodda ma’lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida
ishlaydigan yozuv qurilmalarni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladi. Masalan,
diskka ma’lumot yozish qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun
qo‘llash mumkin. Bu vaqtda registrga ma’lumotni ancha katta tezlikda kiritish,
printerdan esa ma’lumotni ancha past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda
ma’lumot chiqaruvchi registr - mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin.
Parallel registr ma’lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga
mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma’lumotlarni yozish, saqlash va
uzatish.
Sodda ikki razryadli parallel registr funktsional sxemasi 12.1-rasmda
keltirilgan.
36
a)
b)
12.1-rasm. Parallel registr shartli belgisi (a) va
uning sxemasi (b).
Do'stlaringiz bilan baham: |