7.3-rasm. Chiziqli Deshifrator shartli grafik belgisi (a) va uning blok sxemasi.
Ikkita adres kirishiga va to‘rtta (0-3) chiqishga ega bo‘lgan chiziqli DSh
tasviri 7.3, a-rasmda, uning shartli tasviri esa 7.3, b-rasmda keltirilgan. Har bir
chiqish HAM elementining chiqishi bo‘lib hisoblanadi. Demak, bu kirish bilan
bog‘liq bo‘lgan ikkilik o‘zgaruvchi 1 qiymatini faqat shu holda qabul qilishi
mumkinki, agar mos keluvchi HAM elementining uchchala kirishida 1
qiymatiga mos keluvchi o‘zgaruvchi hosil bo‘lsa.
Deshifrator mikrosxemalari ko‘p hollarda S ruxsat kirishiga ega
bo‘ladilar. Bu kirishning mavjudligi ISlar asosida kirish kodi razryadini
oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |