1.Dasturlanuvchi xarakteristikali mantiqiy qurilmalarni vazifasi va qo‘llanish sohalari qanday? 2.Dasturlanuvchi mantiqiy matritsali ISlar qanday tuziladi? 14 – ma’ruza
YARIMO‘TKAZGICHLI XOTIRA QURILMALARI
(2 soat)
Reja: yarimo‘tkazgichli xotira qurilmalarining (XQ) sinflanishi va asosiy parametrlari. Statik operativ xotira qurilmalari. Dinamik operativ XQlari. Xotira mikrosxemalarining asosiy parametrlari va klassifikatsiyasi. Qayta dasturlanuvchi doimiy xotira qurilmalari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blits-so‘rov, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: [A1. B.296-314]; [A3. B.395-470].
Qurilma xotirasideb dasturlar, kiritilayotgan ma’lumotlar, oraliq natijalar va olinayotgan ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar majmuiga aytiladi. Xotiraning sinflanishi 14.1-rasmda keltirilgan.
14.1-rasm. Xotiraning sinflanishi.
Ichki xotira mikroprotsessor tomonidan qayta ishlanayotgan unchalik katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan.
Tashqi xotira qurilma o‘chirilgan yoki yoqilganidan qat’iy nazar katta hajmdagi ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun mo‘ljallangan.
Qurilma tarmoqdan o‘chirilganda yo‘qolib ketadigan xotira, energiyaga bog‘liq bo‘lgan xotira deb ataladi, ma’lumotlar yo‘qolib ketmasa – energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deb ataladi.
Ma’lumotlarni kiritish usuliga ko‘ra DXQlar uch sinfga bo‘linadi: niqobli, dasturlanuvchi va qayta dastrulanuvchi.
Energiyaga bog‘liq bo‘lgan ichki xotiraga operativ xotira qurilmasi (OXQ), videoxotira va kesh-xotiralar kiradi.
Bipolyar tranzistorlarda bajarilgan EXE printsipial elektr sxemasi 14.2 – rasmda keltirilgan.
14.2 - rasm. Bipolyar tranzistorlar asosida bajarilgan EXE printsipial elektr sxemasi.
Maydoniy tranzistorlar asosidagi EXE printsipial elektr sxemasi 14.3-rasmda keltirlgan.
14.3-rasm. Maydoniy tranzistorlar asosidagi EXE printsipial elektr sxemasi.
Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan ichki xotiraga doimiy xotira qurilmasi (DXQ) - ROM (Read Only Memory – faqat o‘qish uchun xotira) kiradi. DXQga ma’lumotlar ishlab-chiqaruvchi tomonidan o‘rnatiladi va keyinchalik o‘zgartirilmaydi. Bunday xotira kichik hajmdagi mikrosxemalardan tuziladi. Odatda DXQga qurilmalarning minimal boshqaruv funktsiyalarini ta’minlovchi dasturlar kiritiladi. Qurilma tarmoqdan o‘chirilganda, boshqaruv dastlab DXQdan qurilma komponentalarini testlaydigan dasturga, so‘ngra operatsion tizimni ishga tuziradigan dasturga uzatiladi.
Dinamik XQ tuzilmasining fragmenti 14.4-rasmda keltirilgan.