www.ziyouz.com kutubxonasi
63
gapirganlar uchtadir. 1) Iso ibn Maryam; 2) Hazrat Jurayj (zamonidagi bir go‘dak).
Jurayj obid kishi edi. Va ibodat qiladigan kulbasi bor edi. Bir kuni o‘sha yerda namoz
o‘qiyotganida onasi kelib: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Shunda Jurayj: «Ey Rabbim,
onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Onasi esa
orqasiga qaytib ketdi. Ertasi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz o‘qiyotgan edi.
Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni
o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Uchinchi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz
o‘qiyotgan edi. Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi
yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Shunda onasi: «Zinokor ayolning
yuziga boqmaguncha o‘ldirmagin» (ya’ni, o‘lishdan oldin bir tuhmatga giriftor
bo‘lmaguncha o‘ldirmagin), deb duoibad qildi. Bani Isroil qavmidagilar Jurayj va uning
ibodatini eslashdi. Va suyuqoyoq bir ayol bor edi. Uning go‘zalligi zarbulmasal qilinar edi.
Bu ayol: «Agar xohlasangizlar, Jurayjga fitna ishlataman», dedi. Va o‘zini Jurayjga
namoyish qildi. Lekin Jurayj u ayolga nigohini tashlab ham qo‘ymadi. Keyin u xotin
Jurayjning ibodat qiladigan kulbasiga borib turadigan bir cho‘ponni ilintirib, u bilan
noshar’iy aloqada bo‘lib, homilador bo‘lib qoldi. Qachonki, uning bolasi tug‘ilganida
«Mana shu go‘dak Jurayjning pushti kamaridan bo‘lgan», dedi. Kishilar Jurayjning
huzuriga borib, uni kulbasidan tushirdilar-da, ibodatxonasini buzib tashlab, Jurayjni
do‘pposlab ketishdi. Jurayj: «Nimaga bunday qilyapsizlar?» dedi. Kishilar: «Sen mana bu
buzuq ayol bilan zino qilibsan. Va oqibatda sendan mana bu bolani orttiribdi», deyishdi.
Jurayj: «Go‘dak qaerda?» dedi. Bas, ular bolani olib kelishdi. Jurayj: «Meni holi
qoldiringlar, namoz o‘qib olay», dedi. Qachonki, namozni o‘qib tugatganidan keyin
go‘dakning oldiga bordi-da, qorniga barmog‘i bilan urib: «Ey bolakay, otang kim?» dedi.
Shunda bola tilga kirib, falonchi cho‘pon, dedi. Kishilar Jurayjga yuzlanib, uni o‘pib,
qo‘llarini badaniga surtishdi. Va: «Senga tillodan ibodat qiladigan kulba qurib beramiz»,
deyishdi. Jurayj: «Yo‘q! Avval qanday bo‘lsa, o‘shanday qilib loydan qurib beringlar»,
dedi. Ular qurib berishdi.
3) Bir go‘dak edi. U onasini emib ketayotgan edi. Nogahon oldilaridan chopqir,
gavdali va chiroyli ulovga minib ketayotgan bir kishi o‘tib ketdi. Shunda onasi: «Allohim,
o‘g‘limni ham bu kishiga o‘xshash qilgin», dedi. Bu so‘zlarni eshitgan go‘dak ko‘krak
emishni to‘xtatdi-da, u kishiga yuzlanib nazarini qaratdi. Va: «Allohim, meni u kishiga
o‘xshash qilmagin», dedi-da, ko‘kragiga qaytib, yana ema boshladi. (Abu Hurayra (r.a.):
«O’shanda janob Rasulullohning bola onasi ko‘kragini qanday emganini tushuntirish
uchun o‘z barmoqlarini so‘rib ko‘rsatganlari hamon ko‘z oldimda», dedilar.) So‘ngra ona-
bola bir cho‘ri oldidan o‘tib qolishdi. Kishilar zino qilding, o‘g‘irlading, deb uni
urishayotgan edi. U cho‘ri esa: «Hasbiyallohu va ni’mal vakil», ya’ni «Alloh menga
kifoyachidir. U muncha ham yaxshi vakil», der edi. Bolaning onasi: «Allohim, o‘g‘limni
bu cho‘riga o‘xshash qilmagin», degan edi, bola yana emishni to‘xtatdi-da, u cho‘riga
qarab «Allohim, meni shu cho‘ri kabi qilgin», dedi. Ona-bola mana shu yerda savol-
javob qilishdi. Ona: «Chiroyli, hay’atli kishi o‘tib ketdi. Men: «Allohim, o‘g‘limni bu kishi
kabi qilgin», desam, sen: «Allohim, meni u kishi kabi qilmagin», deding. Cho‘ri oldidan
o‘tayotganimizda kishilar uni zino qilding, o‘g‘irlading, deb aytib do‘pposlashayotganida,
men: «Allohim, o‘g‘limni u kabi qilmagin», desam, sen: «Allohim, meni u kabi qilgin»,
deb aytding», deganida, bolasi: «Bu ulovdagi kishi zolimdir. Shuning uchun «Allohim,
meni bu kishi kabi qilmagin», dedim. Ana bu cho‘rini o‘g‘irlik qilding, deyishayotgan edi.
Aslida, u
o‘g‘ri emas edi. Zino qilding, deyishayotgan edi. Aslida, zino qilmagan edi. Men: «U
cho‘ri kabi o‘g‘irlik, zino qilmaydiganlardan qilgin», dedim», deb aytdi», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |