www.ziyouz.com kutubxonasi
334
Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Jannatdagilarning idishlari
tillodan, terlari esa mushk kabi bo‘ladi. Har birlarida ikkitadan xotin bo‘ladi. Ularning
chiroylari shundayki, go‘shtlari orasidan oyoq iliklari ko‘rinib turadi. Ularning o‘rtasida
ixtilof ham, adovat ham bo‘lmaydi. Qalblari bir kishining qalbiga o‘xshaydi. Ular ertayu-
kech Allohga tasbeh aytishadi».
1882/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
«Muso alayhissalom Rabbilaridan jannatdagi eng martabasi past kishi haqida
so‘raganlarida, Alloh taolo: «U shunday bir kishiki, jannat ahli jannatga kiritilgandan
keyin keladi. Va unga: «Jannatga kir», deb aytiladi. U: «Ey Rabbim! Qanday kiraman,
barcha odamlar o‘z joylarini egallab, oladigan narsalariga erishib bo‘lishibdi-ku?» deydi.
Unga: «Dunyodagi podshohlarning mulkidek narsa senda bo‘lishiga rozimisan?» deyilsa,
u: «Roziman, ey Rabbim», deydi. Alloh: «Senga o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha
kabi», deb beshinchisini aytganida, u kishi bunga rozi bo‘ladi. Alloh: «Bu aytilgan
narsalar o‘n barobar qilib berildi», deydi. Va yana: «Nafsing tusagan va ko‘zing zavq
oladigan narsalar senga berildi», deydi. U kishi: «Rozi bo‘ldim», deydi. Muso
alayhissalom: «Ey Rabbim, jannatdagi eng yuqori martabali kishilar kim?» deganlarida,
Alloh taolo: «Ular shunday bir toifa kishilarki, O’zim ularni xohlaganman, ularga
ko‘rsatiladigan karam-izzat O’z qo‘lim bilan ekilgandir. U narsaga muhr urib
qo‘yganman. U narsalarni ham biror ko‘z ko‘rmagan. Biror quloq eshitmagan. Biror
kishining diliga ham kelmagan», deb ayt di». Imom Muslim rivoyati.
1883/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men do‘zaxdan
chiqishda oxiri chiquvchi kishini yoki jannatga kiruvchilar ichida oxirgi bo‘lib kiruvchi
kishini bilaman. U kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh taolo u kishiga: «Borib
jannatga kirgin», deydi. U kishi jannatga borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib
ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga
kirgin», deydi. U kishi borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey
Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin. Chunki
dunyo barobaricha yoki dunyoga o‘n barobar keluvchi maqom beriladi», deydi. U kishi:
«Meni masxara qilyapsanmi yoki mening ustimdan kulyapsanmi? Sen O’zing bu
narsalarning egasisan-ku», deydi», dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh
(s.a.v.) bu so‘zlarni aytib kulgandilar, tishlari ko‘rinib qoldi. Va: «Mana shu kishi
jannatning eng past maqomidadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1884/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min uchun
jannatda bir chayla bor. U bitta marvariddan qilingan bo‘lib, ichi kovakdir. Uzunligi
osmonda oltmish mildir. Mo‘minning u yerda ahllari bo‘ladi. Ular bir-birlarini
ko‘rishmaydi. Sohibi hammalarini ko‘rgani borib turadi», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1885/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir
daraxt bor. Uning ostidan tez yuruvchi chopar ot ustidagi kishi yuz yilda ham o‘ta
olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikkovlari Abu Hurayradan qilgan
boshqa rivoyatlarida «Otliq u daraxt soyasi ostida yuz yil yursa ham, uni kesib o‘ta
olmaydi» bo‘lib kelgan.
1886/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat
ahllari uning ustidagi boloxonada turuvchilarni mashriqdan yoki mag‘ribdan kelgan ufqda
uchib yuruvchi yaltiroq yulduzni ko‘rgandek ko‘rishadi. Ularning oralarida farq borligi
uchun shunday ko‘rinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bu
payg‘ambarlarning manzillari bo‘lsa kerak-a, ulardan boshqa kishilar u yerga yetisha
olmas-a?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha! Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zot -
Allohga qasamki, (bulardan tashqari) Allohga iymon keltirib, yuborgan payg‘ambarlarni
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |