www.ziyouz.com kutubxonasi
330
buyurdi», deganlarida, Ismoil alayhisalom: «Rabbingiz buyurgan narsani bajaring»,
dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Bunda menga yordam berasanmi?» dedilar. O’g‘illari:
«Sizga yordam beraman», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Albatta Alloh mana bu yerga
uy qurishni buyurdi», deb atrofdagi yerlarga nisbatan baland bo‘lgan bir tepalikka ishora
qildilar.
Va uyning asosini ko‘tardilar. Ismoil alayhissalom toshlarni olib keldilar. Ibrohim
alayhissalom esa uni qurdilar. Hatto uyni ko‘tarib, hozirgi maqomi Ibrohimdagi toshni
olib kelib o‘rnatdilar. Ibrohim alayhissalom uning ustiga chiqib bino qilardilar. Ismoil
alayhissalom esa toshni uzatib turardilar. Va ikkovlari: «Ey Rabbimiz, bizdan buni qabul
et. Albatta Sen eshitguvchi va bilguvchi Zotsan», deb aytib turishar edi.
Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, bir kuni Ibrohim alayhissalom xotinlari Hojar va
o‘g‘illari Ismoilni olib, bir idishga suv to‘ldirib, birga yo‘lga chiqishdi. Hojar u idishdagi
suvdan ichar edilar, sutlari ham o‘g‘illariga kifoya qilar edi. Shu holatda Makkaga kirib
borishdi. Ibrohim alayhissalom ularni katta bir daraxt ostiga qo‘yib, o‘zlari narigi
ahliyalari huzuriga qaytib ketayotganlarida, Hojar ham u zotning ortlaridan ergashdilar.
Kado nomli joyga yetganlarida, orqalaridan bir kimsa: «Ey Ibrohim! Siz bizni kimga
tashlab ketyapsiz?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Alloh taologa», dedilar. Hojar:
«Allohga bo‘lsa, roziman», dedilar-da, qaytib ketdilar va haligi idishdagi suvdan ichib,
bolalariga o‘z sutlaridan emizib yuraverdilar. Qachonki, u suv nihoyasiga yetganda
«Qani, (nariroqqa) borib qaray-chi, shoyad, biror kishini uchratsam», dedilar. Keyin
borib Safoga ko‘tarildilar. «Biror kishini uchratarmikinman?» deb qayta-qayta qaradilar.
Biror kishini uchratmadilar. Keyin vodiyga tushib, sa’y qildilar va Marvaga kelib ham ana
shu tariqa bir necha marta borib keldilar. So‘ngra: «Borib qaray-chi, go‘dak nima
qilyapti ekan?» deb borib qarasalar, u avvalgi holatidek ovozini past-baland qilib yotibdi.
Nafslari yana xotirjam bo‘lmadi. Va: «Yana borib qaray-chi, shoyadki, biror kishini
uchratsam», dedilar. Borib Safoga ko‘tarildilar va qayta-qayta qarab biror kishini
uchratmadilar. Hammasi bo‘lib mana shu tariqa yetti marta aylandilar. Keyin yana:
«Borib qaray-chi! Nima qilyapti ekan?» deb borgandilar, bir ovozni eshitdilar. Va unga:
«Agar senda yaxshilik bo‘lsa, bizga yordam qil», dedilar. Qarasalar, Jabroil alayhissalom
turibdilar. Jabroil alayhissalom tovonlari bilan ishora qilib yerga urgandilar, yerdan suv
otilib chiqdi. Hojar esa bundan dahshatga tushdilar va hovuchlarini to‘ldira boshladilar»,
deb ushbu hadis roviyi yuqoridagi hadisni oxirigacha bayon etdilar.
Bularning barchasini Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.
1867/61. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ziqorin Bani
Isroillar yegan holvalaridandir. Uning suvi ko‘z uchun shifodir», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |