14-BOB
Toat-ibodatda o‘rta hol bo‘lish bayoni
Alloh taolo:
«Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun nozil qilmadik» (Toha
surasi, 2-oyat);
«Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishni istamaydi» (Baqara
surasi, 185-oyat), deb aytgan.
142/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Oisha (r.a.) huzurlariga
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
kirsalar, bir xotin u yerda edi. Rasululloh (s.a.v.): «Bu kim?» dedilar. Oisha (r.a.) bu
falonchi xotin, deb uning namozni ko‘p o‘qishini zikr qildilar. Rasululloh: «Bas qil,
toqating yetadigan narsani lozim tut. Allohga qasamki, ular malol ko‘rishmaguncha Alloh
malol ko‘rmaydi. Alloh taologa dinda yaxshi amal qiluvchi unda bardavom bo‘lganidir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
143/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uch nafar kishi Rasululloh (s.a.v.)ning xotinlari
uylariga kelib, u zotning ibodatlari haqida so‘rashdi. Qachonki, ibodatlari haqida xabar
berilganida, ular (o‘zlarining amallarini) oz sanab: «Biz qaerda-yu u zot (qaerdalar),
holbuki u zotning avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirilgan bo‘lsa», deb ulardan biri:
«Men hamisha kechasi namoz o‘qiyman», dedi. Ikkinchisi: «Men umrbod ro‘za tutib,
(kunduzi) og‘zimni ochmayman», dedi. Uchinchisi: «Ayollardan chetlanib, hecham
uylanmayman», deb gapirib turganida, Rasululloh (s.a.v.) ular huzuriga kelib: «Sizlar
shunday-shunday, deb aytdinglarmi? Allohga qasamki, barchalaringizga nisbatan
Allohdan qo‘rquvchi va taqvo qiluvchingizman. Lekin (gohida) ro‘za tutaman va (gohida)
og‘zim ochiq bo‘ladi. (Gohida) namoz o‘qiyman va gohida uxlayman. Va xotinlarga
uylanaman ham. Kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», dedilar.
144/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Noo‘rin qattiqlik qilib,
chuqur ketuvchilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
145/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta din osondir.
Biror kishi din bilan tortishsa (yo‘llari ko‘p bo‘lgani sababli), uni yengib qo‘yadi. Bas,
shunday ekan, o‘rta hol bo‘lgan to‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin bo‘linglar.
Ibodatning bardavom bo‘lishi uchun kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning
oxirida (yordam so‘ranglar)», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida: «To‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin
bo‘linglar. Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirida sayr qilib yuringlar,
mo‘‘tadillik bilan maqsadlaringizga yetasizlar», deyilgan.
(Hadisdagi «... Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirgi qismida sayr
qilib yuringlar»ning ma’nosi xuddi bilimdon, malakali musofir mana shu zikr qilingan
paytlarda yurib, boshqa vaqtda o‘zi ham, ulovi ham dam olib, qiyinchiliksiz maqsad
qilgan joyiga yetib olgani kabi sizlar ham qalblaringiz turli narsalardan forig‘ bo‘lib, faol
bo‘lib, ibodatdan lazzat olib, malol ko‘rmaydigan mana shu vaqtlarda Allohdan toatga
yordam talab qilsangiz, maqsadlaringizga yetasizlar, deganidir.)
146/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidga kirsalar, ikki ustun
orasida cho‘zib qo‘yilgan ip turibdi. Shunda u zot: «Bu qanday ip?» dedilar. Ular:
«Zaynabga (r.a.) tegishli ipdir. Agar unda (namozga turishda) dangasalik paydo bo‘lsa,
ipga osiladi», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu ipni yechib tashlanglar. Sizlardan biringiz
faolligi paytida namoz o‘qisin. Agar
dangasalik paydo bo‘lsa, orom olsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
147/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz namoz
o‘qiyotgan paytda uyqusi kelib mudroq bossa, toki uyqusi ketgunicha orom olsin. Chunki
mudroqlik paytida namoz o‘qisa, istig‘for aytyaptimi, (duoibad qilib) o‘zini so‘kyaptimi,
bilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
148/7. Abu Abdulloh Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.)
bilan namoz o‘qir edim. U zotning namozlari ham, xutbalari o‘rtacha bo‘lar edi (ya’ni,
uzun ham emas va qisqa ham em a s)». Imom Muslim rivoya tlari.
149/8. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Salmon (r.a.) bilan Abu Dardoni (r.a.) bir-birlariga birodar qilib qo‘ydilar. Salmon (r.a.)
Abu Dardoning (r.a.) ziyoratlariga kelib, (u zotning xotinlari) Ummu Dardoni ish kiyimida
ko‘rdilar. Salmon: «Senga nima bo‘ldi?» deganlarida, Ummu Dardo: «Birodaring Abu
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |