www.ziyouz.com kutubxonasi
268
borib olib kelgunicha, yotgan kishining boshi yana avvalgi holiga aylanib qolar edi.
Turgan kishi avvalgi urganidek yana qaytadan uraverar edi. Men o‘zim bilan kelgan ikki
kishiga: «Subhanalloh (ajablanganda shunday deyiladi), bu qanaqasi?» desam, ular:
«Yur-yur», deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. Yurib chalqancha yotgan bir kishining
oldiga bordik. Qarasak, uning oldida temir ombur ushlab boshqa bir kishi turardi. U
yotgan kishining yuz tomoniga kelib, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib
(go‘shti va terisini tortgandek) ikkinchi tomonini ham tortar edi. Bir tomondan forig‘
bo‘lmay turib, avvalgi tomoni asli holatiga qaytib qolar edi. U bu ishini qayta-qayta qilar
edi. Men: «Subhanalloh, bular nima qilishmoqda?» desam, men bilan kelgan ikki kishi:
«Yur-yur», deyishdi. Yurib tandirga o‘xshash narsaning oldiga bordik. (Roviy Rasululloh
(s.a.v.) quyidagicha so‘zladilar, deb o‘ylayman, dedilar.) O’sha tandirga o‘xshagan narsa
ichida shovqin-suron va har xil ovozlar eshitilar edi. Qarasak, yalang‘och erkak va
ayollar turishibdi. Ularning ostilaridan olov yoqilar edi. Olov ularga yetib kelgan paytda
ular dod-voy qilishar edi. Men: «Bular kim?» desam, hamrohlarim: «Yur-yur», deyishdi.
Yurib bir anhorning oldiga bordik. (Roviy aytadilar: «O’sha anhorning rangini Rasululloh
(s.a.v.) qon rangidek, dedilar».) O’sha anhorda bir kishi suzib yurar edi. Anhorning
qirg‘og‘ida esa boshqa bir kishi bir qancha toshlarni to‘plab o‘tirar edi. Boyagi odam
xohlaganicha suzib, keyin tosh to‘plagan kishining oldiga kelardi. U esa suzib kelgan
kishining og‘zini ochib, yig‘ib qo‘ygan toshlarini tiqib yuborar edi. U esa yana suzib ketar
va qaytib kelar edi. Har gal qaytib kelganida og‘zini ochib, toshni tiqib yuborar edi. Men:
«Bular kim?» desam, u ikkovlari: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib bir badbashara
kishining oldiga bordik. Sen unday kishini ko‘rmagansan. Uning oldida olov turibdi. O’sha
olovni yoqib atrofida aylanib turibdi. Hamrohlarimdan «Bu nima?» deb so‘rasam, ular:
«Yur-yur», deyishar edi. Yurib ko‘kalamzor boqqa bordik. U yerda har turli bahor gullari
bor ekan. O’sha bog‘ning o‘rtasida uzun bo‘yli bir kishi turibdi. U kishi bo‘yining
uzunligidan boshi osmonda edi. Uni ko‘ra olmas edim. Bu kishining atrofida ko‘pgina
yosh bolalar turishibdi. Men hech bunday bolalarni ko‘rmaganman. Shunda men
hamrohlarimdan: «Bular kim? Anavilar-chi?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar
edi. Yurib katta bir daraxtning oldiga bordik. Men bu kabi ulkan va chiroyli daraxtni
ko‘rmaganman. Hamrohlarim: «Bu daraxtning ustiga chiqing», deyishdi. Uning ustiga
chiqsak, tilla va kumush g‘ishtlardan qurilgan shahar bor ekan. Shahar darvozasi oldiga
borib, uni ochishlarini so‘radik. Ochishgan edi, ichiga kirdik. U yerda odamlar bor ekan.
Tanalarining yarmi juda chiroyli suratda. Sen bunday xushsurat kishilarni ko‘rmagansan.
Yarmilari esa juda xunuk. Sen bunday xunuk kishilarni ko‘rmagansan. Hamrohlarim
ularga: «Mana bu anhorga borib tushinglar», dedilar. U anhor oqib turgan bo‘lib, oqligi
sutga o‘xshar edi. Ular borib o‘sha anhorga tushishdi-da, keyin oldimizga qaytib kelishdi.
Kelishganida ulardan haligi xunuklik ketib, xushsurat bo‘lib qolishgan edi. Hamrohlarim:
«Bu Adn jannatidir. Mana bu esa sizning manzilingiz», deyishdi. Ko‘zimni yuqoriga
qaratib boqsam, u oq bulut kabi qasr ekan. Ular yana: «Bu sizning manzilingizdir»,
deyishdi. Men ularga: «Alloh sizlarga baraka bersin. Qo‘yinglar, bu yerga kirayin»,
desam, ular: «Hozircha yo‘q. Lekin albatta kirajaksiz», deyishdi. Men: «Unda bu kecha
ko‘rgan ajoyib narsalarimning xabarini beringlar», desam, ular: «Albatta xabar
beramiz», deyishdi. «Avvalgi boshi tosh bilan maydalanayotgan kishi (hayotlik vaqtida)
Qur’oni karimni yod olib, keyin tashlab qo‘ygan kishi va farz namozlarini o‘qimasdan
uxlovchi kishidir. Ikkinchisi, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va
terisini aylantirib) kesilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) erta bilan uyidan chiqib bir
yolg‘on so‘zni gapirardiki, o‘sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Uchinchisi, tandirga
o‘xshagan joydagi yalang‘och erkak va ayollar hayotlik vaqtlaridagi zinokor erkak va
ayollardir. To‘rtinchisi, anhorda suzib yurganda og‘ziga tosh solinadigan kishi (hayotlik
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |