www.ziyouz.com kutubxonasi
241
ZIKRLAR KITOBI
244-bob
Zikrning fazilati va unga targ‘ib qilish haqida
Alloh taolo:
«Aniqki, Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir» (Ankabut surasi, 45-
oyat);
«Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman» (Baqara surasi, 152-oyat);
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech yod
qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang!» (A’rof surasi, 205-oyat);
«Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad, najot topursizlar» (Juma surasi, 10-
oyat);
«... Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar -
ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab
qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 35-oyat);
«Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va erta-yu kech U Zotni poklab-
Do'stlaringiz bilan baham: |