223-BOB
Ro‘zador kishini tili va a’zolarini urushish va so‘kishish hamda
shunga o‘xshash narsalardan tiymog‘iga
buyurish haqida
1239/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan
biringiz ro‘za tutsa, fahsh hamda lag‘v so‘zlarni so‘zlamasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki
urushsa: «Men ro‘zadorman», desin» deb aytdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.
1240/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ro‘za tutib,
yolg‘on so‘z va amalni tashlamasa, uning ovqat va ichimlikdan tiyilib yurishining Allohga
keragi yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |