Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
kishi qilichimni qinidan chiqardi. Nogahon uyg‘onsam, qo‘lida qilich yalang‘och turibdi. 
Va «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Men uch marta Alloh, deb aytdim», dedilar. 
Rasululloh (s.a.v.) uni jazolamadilar va u (huzurlarida) o‘tirdi», dedi Jobir .&>. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Zoturriqo’ 
g‘azotida edik. Soyali daraxt oldiga bordik-da, u yerni Rasululloh (s.a.v.)ga qoldirdik. 
Mushriklardan bo‘lgan bir kishi kelib daraxtda osig‘lik turgan Rasululloh (s.a.v.)ning 
qilichlarini oldi-da, uni qinidan chiqarib: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» dedi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Yo‘q», dedilar. U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Alloh!» dedilar». 
Abu Bakr Ismoil o‘z «Sahih»larida: «U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» 
deganida, u zot: «Alloh», dedilar. Shunda u kishining qo‘lidan qilich tushib ketdi. 
Rasululloh (s.a.v.) qilichni qo‘llariga olib: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganlarida, u 
kishi: «Yaxshi muomalali bo‘l», dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Allohdan boshqa iloh yo‘q, 
albatta men Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berasanmi?» deganlarida, u kishi: 
«Yo‘q! Lekin sen bilan urushmaslikka va sen bilan birga urushuvchi qavmlar bilan birga 
bo‘lmaslikka ahd beraman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) uni qo‘yib yubordilar. U kishi 
do‘stlari huzuriga borib: «Kishilarning eng yaxshisi huzuridan kelyapman», dedi», 
deganlar. 
79/6 Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlar Allohga haqiqiy 
ma’noda tavakkal qilganingizda, U zot qushni rizqlantirgani kabi rizqlantirib qo‘yar edi. U 
qushlar qorni och ketib, qorni to‘q bo‘lib qaytib keladi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
80/7. Abu Imora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ey 
falonchi, agar to‘shagingga yotsang, quyidagi duoni o‘qigin: «Allohumma aslamtu nafsiy 
ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja’tu zahriy ilayka 
rag‘batan va rahbatan ilayka la maljaa vala manjaa minka illa ilayka amantu 
bikitabikallaziy anzalta vabinabiyyikallaziy arsalta» (ya’ni: «Allohim, o‘zimni Senga 
topshirdim. Yuzimni Sen tomonga qaratdim. Ishimni Senga havola qildim. Orqamni Sen 
tomonga rag‘bat hamda qo‘rqqan holda suyadim. Suyanchiq va boshpana faqat 
Sendadir. Tushirgan kitoblaringga hamda yuborgan 
payg‘ambarlaringga imon keltirdim»). Agar sen mana shularni aytib, o‘sha kechasi 
o‘lsang, Islom fitratida o‘lasan. Agar tong ottirsang, yaxshilikka yetishgan holda tong 
ottirasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Ikki «Sahih» kitobida Barrodan (r.a.) qilingan boshqa bir rivoyatda quyidagicha 
aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar yotog‘ingga kelsang, namozga qilgan tahoratingdek 
tahorat qilib, o‘ng tomoningga yonboshlab (yuqoridagi) duolarni ayt. Va bu (uxlashdan 
oldin) oxirgi aytadigan narsang bo‘lsin», dedilar». 
81/8. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «o‘orda turganimizda mushriklarning 
qadamlariga qaradim. Ular shundoqqina boshimiz ustida turar edilar. Men: «Ey Allohning 
rasuli, agar ulardan birortasi oyog‘ining tagiga qarasa, bizni ko‘rib qoladi», desam, u 
zot: «Ey Abu Bakr, ikki kishi bo‘lsa, uchinchilari Alloh ekaniga nima deysan?» dedilar». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
82/9. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar uylaridan 
chiqsalar: «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla 
av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya» (ya’ni, «Alloh nomi 
bilan, Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirishdan, toyilish va 
toyiltirishdan, zulm qilish va zulm ko‘rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik 
qilinishidan Sendan panoh so‘rayman»), deb aytardilar. Abu Dovud, Termiziy va 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish