Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
139-BOB 
Majlisdan turganda va hamsuhbatlaridan ajralayotganda salom 
berishning mahbubligi to‘g‘risida 
 
868/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan biringiz 
biror majlisga boradigan bo‘lsa, salom bersin. Agar turishni xohlasa ham, salom bersin. 
Avvalgisi keyingisidan haqli emasdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Foyda: Ko‘rishganda va ajralayotganda salom berish mandub amaldir. 
 
140-BOB  
Izn so‘rash va uning odoblari haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha 
va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat). 
«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan 
ilgari (balog‘atga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar» (Nur surasi, 59-oyat), deb aytgan. 
869/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Izn so‘rash 
uch martadir. Agar izn berilsa, kirgin. Agar berilmasa, qaytib ketgin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
870/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Izn so‘rash ko‘z 
(nomahramlarga tushishining oldini olish) sababidan joriy qilindi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
871/3. Rib’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir qabilasidan bo‘lgan bir 
kishi gapirib berdi. U Rasululloh (s.a.v.) uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, 
«Kiraveraymi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn 
so‘rashni va «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni 
eshitib turgan edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari. 
872/4. Kilda ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga 
borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaytib, boshidan 
«Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish