keyin Ya’qub (ismli nabira ko‘rishi) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-
oyat).
«So‘ng mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar:
«(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning so‘zini tasdiq etadigan, (o‘z qavmiga) xoja
bo‘ladigan, (shahvatlardan o‘zini) tiyadigan va solih payg‘ambarlardan bo‘ladigan
Yahyo ismli farzand xushxabarini berur»(Oli Imron surasi, 39-oyat).
«Farishtalar dedilar: «Yo Maryam, albatta, Alloh senga O’z tomonidan bir
So‘z haqida xushxabar beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni Maryam bo‘lur»
(Oli Imron surasi, 45-oyat), deb aytgan.
707/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xadichaga
(r.a.) marvariddan qurilgan jannatdagi uyning xushxabarini berdilar. U yerda befoyda
so‘z ham, charchash ham bo‘lmaydi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
708/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot uylarida tahorat qilib,
ko‘chaga chiqdilar-da: «Bugun Rasulullohni (s.a.v.) topib, u zot bilan birga bo‘laman»,
dedilar. Bas, masjidga keldilar-da, Rasululloh (s.a.v.) qaerda ekanliklarini so‘radilar.
Odamlar: «Rasululloh (s.a.v.) u tomonga ketdilar», deyishdi. Keyin men u zotning
izlaridan so‘rab-surishtirib, «Aris» nomli quduqqacha bordim. U zot o‘sha yerga
boribdilar. Men darvoza oldida o‘tirdim. U zot esa hojat chiqarayotgan ekanlar. Keyin
tahorat qildilar. So‘ngra men u zotning huzurlariga borsam, u zot «Aris» qudug‘ining
suffachasiga o‘tirib, oyoqlarini ochib, quduqqa osiltirib turgan ekanlar. Men salom
berdim-da, darvoza oldiga borib: «Bugun Rasulullohga (s.a.v.) darvozabon bo‘laman»,
dedim. Bir ozdan keyin Abu Bakr (r.a.) kelib, darvozani taqillatdilar. Men: «Bu kim?»
dedim. «Abu Bakrman», dedilar. Men: «Bir oz turing», dedimda: «Ey Rasululloh, Abu
Bakr (r.a.) huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Izn ber va
jannatga kirishining xushxabarini ber», dedilar. Men Abu Bakr (r.a.) huzuriga borib:
«Kiring, Rasululloh (s.a.v.) sizning jannatga kirishingiz xushxabarini bermoqdalar»,
dedim. Bas, Abu Bakr (r.a.) kirib, Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng tomonlarida birga o‘tirib,
bu zot ham xuddi Rasululloh (s.a.v.) qilganlaridek ikki oyoqlarini oshiqlarigacha ochib,
quduqqa osiltirdilar. Keyin men qaytib joyimga bordim. O’z ukamni uyda qoldirib kelgan
edim. Tahorat qilib, orqamdan yetib kelmoqchi edi. Ichimda: «Agar Alloh bu ukamga
yaxshilikni xohlagan bo‘lsa, yetib kelar», derdim. Shu payt bir kishi kelib, darvozani
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |