89-BOB
Gapirilayotgan kishiga tushunarli qilib so‘zlashning hamda
tushunmasa, takror gapirmoqning mahbubligi haqida
695/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon gapirsalar, uch
marta qaytarardilar. Eshituvchilar tushunishlari uchun shunday qilardilar. Qachon bir
qavmga borib salom bersalar, uch bor takrorlardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
696/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) so‘zlari dona-dona
bo‘lib, eshituvchi har bir kishi bemalol tushunar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |