Foyda: Alloh taolo nazdida dunyoning haqirligi va dunyo ishlari mukammal
bo‘lmasdan, noqis ekanligi anglashiladi.
72-BOB
Kibr va manmansirashning haromligi
Alloh taolo aytadi:
«Biz o‘sha oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo‘ravonlik va buzg‘unchilik
qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi
kishilarnikidir» (Qasas surasi, 83-oyat).
«Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin» (Isro surasi, 37-oyat).
«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo
bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-
havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18-oyat),
«Albatta, Qorun o‘zi Muso qavmidan edi. Bas, u (qavmdoshlariga) kibru havo
qildi. Biz unga xazina-dafinalardan kalitlari (ni ko‘tarib yurishning o‘zi) kuch-
quvvat egalari bo‘lgan bir jamoatga ham og‘irlik qiladigan narsalarni ato etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |