Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

«O’sha uch kishining (tavbalarini qabul qildiki) ...» (Tavba surasi, 118-oyat) so‘zi 
bilan hukm qildi. Bu so‘zdagi «orqada qolganlar»dan maqsad g‘azotdan orqada 
qolganimiz emas, balki qasam ichib uzr aytib, uzrlari qabul qilinganlardan avf etilishida 
orqada qolganimizdir» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga payshanba kuni chiqdilar, u 
zot g‘azotga payshanba kuni chiqishni yaxshi ko‘rardilar», deyiladi. 
Va yana boshqa bir rivoyatda aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) safardan keladigan 
bo‘lsalar, kunduzi choshgoh vaqtida kelib avval masjidga borar, ikki rakat namoz o‘qib, 
keyin o‘tirardilar». 
22/10. Imron ibn Husayn al-Xuzoiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Juhayna qabilasidan 
bo‘lgan bir ayol zinodan homilador bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldi. Va: «Ey 
Allohning rasuli, menga had (shar’iy jazo) lozim bo‘ldi. U jazoni menda qoim qiling», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning valiysini chaqirib: «Unga chiroyli muomalada bo‘l. Agar 
bolasini tug‘sa, mening huzurimga u ayolni olib kelgin», dedilar. Valiysi Rasululloh 
(s.a.v.) aytganlarini qildi. Ayol keltirilgach, Rasululloh (s.a.v.) u xotinning kiyimlarini 
bog‘lab, toshbo‘ron qilishga buyurdilar, hukm ijro etildi. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) unga 
janoza namozi o‘qidilar. Buni ko‘rgan Umar (r.a.): «Ey Allohning rasuli, zino qilgan 
ayolga ham namoz o‘qiysizmi?» deganlarida, u zot: «Bu ayol shu darajada tavba qildiki, 
agar Madina ahllaridan yetmishtasi orasida bu taqsim qilinsa, ularga mo‘l-ko‘l bo‘lardi. 
Sen o‘z nafsini Alloh azza va jallaga fido qilgandan ham afzal kishini ko‘rganmisan?» 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
23/11. Ibn Abbos va Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Agar odam bolasining bir vodiy tillasi bo‘lsa, u kishi ikki vodiy tillosi bo‘lishini yaxshi 
ko‘radi. Uning og‘zini qabr tuprog‘idan boshqa narsa to‘ldira olmaydi. Alloh tavba 
qiluvchilarning tavbasini qabul qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
24/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo ikki 
kishining holiga kuladiki, ularning biri ikkinchisini o‘ldiradi. Va ikkisi ham jannatga kiradi. 
Biri musulmon bo‘lib, Alloh yo‘lida urushib o‘ldiriladi. Ikkinchisi o‘ldirgani uchun Allohga 
tavba qilib, musulmon bo‘lib, u ham shahid bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish