www.ziyouz.com kutubxonasi
243
bajarishmoqda-ku», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning fazlu karami bo‘lib,
xohlagan kishisiga beradi», deb aytdilar».
Foyda: Allohning bir kishini badavlat qilishi ham, kambag‘al etishi ham sinov va
imtihondir. Haqiqiy mo‘min kambag‘allik paytida sabr qilib, boyiganda haddidan oshmay,
shukr qiladi.
1418/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim har namoz
so‘ngida o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch
marta «Allohu akbar», deb, oxirida yuzinchisini «La ilaha illallohu vahdahu laa shariyka
lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir», deb aytsa, agar
gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyati.
1419/13. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farz namozlari
so‘ngidan bajariladigan bir necha tasbehlar borki, uni aytuvchi kishi noumid qolmaydi.
Ular o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta
«Allohu akbar»dir», deb aytdilar (Imom Muslim rivoyati».
1420/14. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz
so‘ngida ushbu kalimalarni aytib panoh tilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika minal
jubni val buxli va a’uzu bika min an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid
dunya va a’uzu bika min fitnatil qobr» (ma’nosi: «Ey Rabbim, qo‘rqoqlikdan va
baxillikdan, umrning zoe bo‘lishidan, dunyo fitnasidan va qabr fitnasidan panoh
berishingni tilayman»). Imom Buxoriy rivoyati.
1421/15. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarimdan ushlab:
«Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman va senga har namoz so‘ngida
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya
qilaman», dedilar» (ma’nosi: «Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va
ibodatingni go‘zal bajarishda menga yordam ber»). Abu Dovud rivoyati.
1422/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar birortangiz
oxirgi tashahhudni o‘qib bo‘lsa, to‘rtta narsadan panoh so‘rasin: jahannam azobidan,
qabr azobidan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masih Dajjolning fitnasidan», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyati.
1423/17. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozga tursalar,
tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin) «Allohummag‘firliy ma
qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu
bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o‘qir edilar (ma’nosi:
«Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan
gunohlarimni va mendagi O’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va
oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo‘q»). Imom Muslim rivoyati.
1424/18. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) ruku’lari va sajdalarida
«Subhanaka allohumma robbana va bihamdika, allohummag‘firliy», deb aytishni
ko‘paytirardilar (ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim,
gunohlarimni mag‘firat qil»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1425/19. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ruku’ va sajdalarida
«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» («Farishtalar va Jabroilning Rabbi subbuh
va quddus sifatli Allohdir»), deb aytar edilar. Imom Muslim rivoyati.
1426/20. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ruku’da Allohni
ulug‘langlar, sajdada duoni ko‘paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) ijobat bo‘lishga
loyiqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1427/21. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bandaning
Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |