160-BOB
Qabr oldida mav’iza qilish haqida
944/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz «Baqiy’ul g‘arqad» qabristonida dafn
marosimida edik. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib o‘tirdilar. Biz ham u zotning
atroflarida o‘tirdik. U zotning qo‘llarida asolari bor edi. Ovozlarini pastlatib, o‘sha aso
bilan yerga urib: «Sizlardan har biringizning do‘zax va jannatdan bo‘lgan makoningiz
yozib qo‘yilgandir», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, (unda amal qilib
o‘tirmasdan) o‘sha yozib qo‘yilgan taqdir kitobimizga suyanib o‘tiraveraylikmi?»
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Amal qilaveringlar. Kim qaysi maq0yaratilgan
bo‘lsa, o‘sha maqomga olib boradigan ishlar unga oson qilib qo‘yiladi, ya’ni yo‘llab
qo‘yiladi», deb hadisning oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |