«Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak,
bas u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», der» (Al-Haqqa surasi, 19-oyat).
«Bas, (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O’ng tomon egalari
(bo‘lmoq) ne (saodat)dir. (Ikkinchi toifa) shum — chap tomon egalaridir. Shum —
chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!» (Voqe’a surasi, 8-9-oyatlar), deb
aytgan.
719/1 Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) tahorat olishda, soch
tarashda va kavush kiyishda, qo‘yingki, barcha ishlarda o‘ng tomondan boshlash
qiziqtirar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
720/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari tahorat va
taom uchun, chap qo‘llari esa hojatxona va boshqa aziyat beruvchi narsalarga ishlatilar
edi. Abu Dovud rivoyatlari.
721/3. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlari Zaynab
(vafot etib) yuvintirilayotganda: «O’ng tomonidan va tahoratda yuviladigan a’zolaridan
boshlab yuvintiringlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
722/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz
kavush kiyadigan bo‘lsa, o‘ng tomondan boshlasin. Yechadigan bo‘lsa, chap tomondan
boshlasin. Toki birinchi bo‘lib ularning o‘ngdagisi kiyiladigan va chapdagisi yechiladigan
bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
723/5. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari taom,
ichimlik va kiyim kiyish uchun, chap qo‘llari esa bundan boshqa narsalarga edi», dedilar.
Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
151
724/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar (biror kiyim)
kiysanglar yoki tahorat qilsanglar, o‘ng tomonlaringizdan boshlanglar», dedilar. Abu
Dovud va Termiziy rivoyatlari.
725/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Minoga keldilar va jamraga
borib, tosh otdilar. Keyin Minodagi manzillariga qaytib, jonliq so‘ydilar. So‘ngra
sartaroshga: «Bu tomonini ol», deb boshlarining o‘ng tomoniga ishora qildilar. Keyin
chap tomoniga ishora qildilar. So‘ngra muborak sochlarini odamlarga tarqatdilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) jamrada toshni otib, jonliq so‘yib va sochlarini
oldirmoqchi bo‘ldilar. Mana shu holda sartaroshga boshlarining o‘ng tomonini tutib
berdilar. Sartarosh o‘ng tomon sochlarini olgandan keyin Abu Talha al-Ansoriyni
chaqirib, o‘sha sochni berdilar. Keyin boshlarining chap tomonini tutib berdilar.
Sartarosh uni ham oldi. Rasululloh (s.a.v.) buni ham Abu Talhaga berib: «Odamlarga
taqsim qilib ber», dedilar».
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |