55-BOB
Dunyoda zohid bo‘lish va uni (jamlashni) ozaytirish hamda
kambag‘allikning fazilati haqida
Alloh taolo aytadi:
«Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli xuddi Biz osmondan yog‘dirgan bir
suvga o‘xshaydi, bas, odamzot va hayvonot yeydigan narsalardan iborat
bo‘lgan yer nabototi u bilan aralashib, hatto yer chiroy olib, yasan-tusan
qilganida va yerning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb o‘ylay
boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go‘yo
kuni kecha obod bo‘lmagandek, vayronaga aylantirib qo‘yurmiz. Tafakkur qila
oladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz» (Yunus
surasi, 24-oyat);
«(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv
kabidirki, Biz osmondan yog‘dirgach, (avval -kishi hayotining bahorida) u sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |