«Albatta siz
(o‘zingizga tushgan vahiy yordamida)
to‘g‘ri yo‘lga yetaklaysiz. U
(yo‘l)
osmonlardagi va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zot - Allohning
yo‘lidir»
(Sho‘ro surasi, 52-53-oyatlar);
«(Payg‘ambarning)
amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna -
kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!»
(Nur
surasi, 63-oyat);
«Uylaringizda Allohning oyatlari va hikmat
(ya’ni, payg‘ambar hadislari)dan
iborat tilovat qilinadigan narsalarni zikr-tilovat qilinglar»
(Ahzob surasi, 34-
oyat), deb aytgan.
156/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarga
(gapirmasdan) qoldirgan narsalarimda meni ham (tinch) qoldiringlar (ya’ni, mendan har
bir narsani so‘rayvermanglar). Chunki sizlardan oldingi (qavm)lar ko‘p savol berib,
payg‘ambarlari bilan ixtilof qilishgani sababli halok bo‘lishgandir. Agar sizlarni biror
narsadan qaytarsam, undan chetlaninglar. Agar biror ishga buyursam, qodir
bo‘lganingizcha uni bajaringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
157/2. Abu Najih Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga
yetuk bir va’z aytdilar. Qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz:
«Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot:
«Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar habash qul boshliq etilsa ham, eshitib itoat
etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p
ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi
roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam
tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir»,
dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
158/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rad qiladiganlardan
tashqari ummatimning barchasi jannatga kiradi», deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli,
rad qiladiganlar kim o‘zi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Kim menga itoat qilsa,
jannatga kiradi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq u rad qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
159/4. Iyos ibn Amr ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)
huzurlarida chap qo‘li bilan (taom) yedi. Rasululloh (s.a.v.) «O’ng qo‘ling bilan yegin»,
dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Kibrli ekanligigina (o‘ng qo‘li bilan
yeyishdan) man qildi. Rasululloh (s.a.v.) «(Bundan keyin ham) qodir bo‘lmagin»,
dedilar. U kishi qaytib o‘ng qo‘lini og‘ziga yetkaza olmadi. Imom Muslim rivoyatlari.
160/5. Abu Abdulloh No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |