Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
289-bob
Odamlar riyo, deb gumon qilishsa-yu, aslida gumon qilayotgan
narsalari riyo emasligi haqida 
1620/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Odamlar yaxshi 
ishlarni bajarishsa, ba’zi kishilar shu qilgan ishlarini maqtashadi. Shu kishi ham 
riyokormi?» deb so‘ralganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu narsa mo‘minga beriladigan 
savoblarning naqdidir. Ya’ni, riyo emasdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
290-bob
Begona, nomahram ayolga va chiroyli o‘g‘il bolaga shar’iy hojat
bo‘lmaganda qarashning haromligi haqida 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad alayhissalom), 
mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini 
(nomahram ayollarga 
tikishdan) 
to‘ssinlar» 
(Nur surasi, 30-oyat); 
«Albatta quloq, ko‘z, dil - bularning 
barchasi to‘g‘risida 
(har bir inson) 
mas’ul bo‘lur 
(ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va 
ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Isro surasi, 36-
oyat); 
«(Alloh) 
ko‘zlarning xiyonati 
(ya’ni, qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z 
tashlashni) 
ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur» 
(G’ofir surasi, 19-oyat); 
«Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz 
(barcha narsani) 
kuzatib turguvchidir» 
(Fajr surasi, 14-oyat), deb aytgan. 
1621/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam bolasiga 
zinodan bo‘lgan nasibasi yozib-bitib qo‘yilgan. Yozib qo‘yilgandan keyin albatta uni 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
285
bajaradi. Undan to‘xtashning iloji yo‘q. Ikki ko‘z zinosi harom narsalarga qarashdir. Ikki 
quloq zinosi harom narsalarni tinglashdir. Tilning zinosi esa harom narsalarni gapirishdir. 
Qo‘lning zinosi harom narsalarni ushlashdir. Oyoqning zinosi harom narsalarga qadam 
bosib borishdir. Kishini ko‘ngli tusaydi va orzu qiladi. O’sha orzuni jinsiy a’zolar rostga 
chiqaradi yoki yolg‘onga chiqaradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz 
Muslimniki. Buxoriy rivoyatlarida esa qisqaroqdir. 
1622/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yo‘l 
yuzasida o‘tirishdan chetlaninglar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, yo‘l 
yuzasida o‘tirishga majburmiz. Chunki biz u yerda ba’zi narsalarni gaplashamiz», 
deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar gapimga kirmasdan o‘tiradigan bo‘lsanglar, unda 
yo‘lning haqqini ado qilinglar», dedilar. Sahobalar yana: «Ey Allohning rasuli, yo‘lning 
haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan 
tiyish, ozor beruvchi narsalarni to‘xtatish, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, 
yomonlikdan qaytarib o‘tirish», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1623/3. Abu Talha Zayd ibn Sahldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizlar uy oldidagi sahnda 
o‘tirib gaplashayotsak, Rasululloh (s.a.v.) kelib, ustimizda turib: «Sizlarga nima bo‘ldiki, 
yo‘llar ustida o‘tiribsizlar?» dedilar. (Sahobalar): «Bizlar bezarar gaplashib va ba’zi 
narsalarni muhokama qilib o‘tiribmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Agar 
o‘tirmaslikning chorasi yo‘q bo‘lsa, unda yo‘lning quyidagi haqlarini ado etib 
o‘tiraveringlar. Ular: ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan tiyish, salomga alik olish va 
yaxshi so‘zlarni gaplashish», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1624/4. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) nomahramlarga ko‘z 
to‘satdan tushib qolishi haqida so‘rasam, u zot: «Ko‘zingni tezlik bilan boshqa tarafga 
qaratgin», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1625/5. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida 
tursam, Maymuna (r.a.) ham u zot huzurlarida edilar. Shu payt ko‘zi ojiz Ummu Maktum 
kelib qoldilar. Bu narsa nomahram erkaklardan to‘sinishga buyurilganimizdan keyin 
bo‘lgan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishidan to‘sininglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning 
rasuli, bu kishining ko‘zi ojiz-ku, u bizni ko‘rmaydi ham, tanimaydi ham», desak, u zot: 
«Sizlarning ikkovingizning ham ko‘zingiz ojizmi? Sizlar ham uni ko‘rmayapsizlarmi?» 
dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1626/6. Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkak kishi boshqa 
erkakning avratiga qaramasin. Ayol kishi boshqa ayol kishining avratiga qaramasin. 
Erkak kishi boshqa erkak bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin. Ayol kishi boshqa bir 
ayol bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish