www.ziyouz.com
kutubxonasi
244
ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1428/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sajdalarida
«Allohummag‘firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va
‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar (ma’nosi: «Ey Allohim, gunohlarimning hammasini,
ozini va ko‘pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir»). Imom Muslim
rivoyati.
1429/23. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasulullohni (s.a.v.) topolmay
qoldim. Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda «Subhanaka va
bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar» (ma’nosi: «Senga hamd aytish bilan
Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo‘q»). Boshqa rivoyatda Oisha onamiz aytadilar:
«Mening qo‘lim Rasulullohning (s.a.v.) oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib
sajdada turganlarida «Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min
‘uqubatika va a’uzu bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni
o‘qiyotgan edilar» (ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening roziligingni shafe’ qilib g‘azabingdan,
ofiyatingni shafe’ qilib uqubatingdan panoh tilayman. Sening noming ila g‘azabingdan
panoh tilayman. Men Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen O’zingga sano
aytganingdeksan»).
1430/24. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasulullohning (s.a.v.)
huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb
so‘radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi.
Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuzta tasbeh aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi
o‘chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
1431/25. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardagi har bir
bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganda sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni,
«Subhanalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah»,
deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz)
ham sadaqadir. Har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir.
Yaxshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh
(zuho) paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga kifoya qiladi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1432/26. Ummul mo‘minin Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
ertalab subh namozi paytida uning (Juvayriya onamizning) huzuridan chiqib ketdilar. U
namoz o‘qiydigan xonasida edi. So‘ngra zuho namozini o‘qib bo‘lib qaytib kelsalar,
Juvayriya onamiz hali ham o‘tirgan edi. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri
shu holatda o‘tiribsanmi?» deb so‘radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdi.
Rasululloh (s.a.v.) «Men sendan keyin to‘rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular
tarozida o‘lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og‘ir keladi. Ular: «Subhanallohi va
bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi»
(ma’nosi: «Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo‘lgunicha, Arshning vaznicha,
kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman»)dir», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatida «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi
rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan.
(Ma’nosi: «Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo‘lgunicha Allohni
poklayman, Arshning og‘irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni
poklayman».)
Imom Termiziy rivoyatida esa «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada
xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi,
subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |