Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


-BOB Azonning fazilati haqida



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

186-BOB
Azonning fazilati haqida 
1032/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar odamlar 
azonning va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a 
tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’a tashlab bo‘lsa ham u fazilatni qo‘lga kiritishga 
harakat qilishar edi. Agar jamoatga erta borishning fazilatini bilishganda edi, unga 
oshiqishar edi. Agar xufton va bomdod namozidagi fazilatni bilishganida edi, emaklab 
bo‘lsa ham borishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1033/2. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni 
muazzinlar eng bo‘yi uzun kishilar bo‘lishadi (ya’ni darajalari baland kishilar bo‘lishadi)», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1034/3. Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Abu Sa’sa’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Said 
al-Xudriy (r.a.) Abdullohga: «Sening qo‘ylar va 
yaylovlarni yaxshi ko‘rishingni bilaman. Agar qo‘ylaring huzurida yoki yaylovda bo‘lsang, 
namoz uchun azon ayt. Azon aytayotganda ovozingni baland qil. Chunki muazzinning 
ovozini biror jon yoki inson yoki boshqa biror narsa eshitsa, Qiyomat kuni (uning 
mo‘minligiga) guvohlik berishadi», dedilar. Abu Said ushbu hadisni Rasulullohdan 
(s.a.v.) eshitganman, dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1035/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar namozga 
azon aytilsa, shayton orqasini o‘girib, yel chiqarib, azon eshitilmaydigan yergacha 
qochadi. Agar azon aytib bo‘linsa, yana qaytib keladi. Va namozga takbir aytilsa, yana 
orqa o‘girib qochadi. Takbir aytib bo‘linganidan keyin yana qaytib kelib, namoz 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
200
o‘qiyotgan kishining fikriga har xil bo‘lmag‘ur fikrlarlarni olib kelib, hali hech xayoliga 
kelmagan narsalarni eslatib, uni eslagin, buni eslagin, deb vasvasa qiladi. Hattoki bu 
kishi qancha namoz o‘qiganini bilmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1036/5. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) 
«Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek qaytaringlar. So‘ngra 
menga salovot yo‘llanglar. Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot 
aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so‘ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir 
makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men 
bo‘lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so‘rasa, unga shafoatim nasib etadi», 
dedilar. Muslim rivoyatlari. 
1037/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azonni 
eshitganinglarda muazzin nima desa, o‘shani aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1038/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim azon eshitganida, 
«Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil 
vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah», desa, unga 
shafoatim hosil bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1039/8. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) bunday 
deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la 
shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi 
Muhammadin (s.a.v.) rosulan va bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi». 
Boshqa rivoyatda: 
«Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari. 
1040/9. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azon bilan iqomatning 
orasidagi duo rad qilinmaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan: «Ey Rasululloh, bu 
ikkalasining orasida nima deymiz?» deb so‘rashdi. U zot (s.a.v.) «Allohdan dunyo va 
oxiratda ofiyat berishini so‘ranglar», dedilar». 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish