Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
135
homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xizmatkor boshlig‘i molida homiydir. Va qo‘l
ostidagilarga mas’uldir. Barchangiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Har bir shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati, har bir erkakning ahli
huzuridagi mas’uliyati, har bir ayolning eri xonadonidagi mas’uliyati va barcha
insonlarning boshqa kishilar oldidagi mas’uliyati bor.
653/2. Abu Ya’lo Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Biror
bandani Alloh taolo bir jamoaga boshliq qilsayu, u o‘z qo‘l ostidagilarni aldab bu
dunyodan o‘tsa, Alloh taolo unga jannatni harom qiladi», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Boshliq o‘z qo‘l ostidagilarga jonkuyarlik qilmagan holda o‘lsa,
jannat hidini hidlamaydi», deyilgan.
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Qaysi bir amir musulmonlar ishida boshliq
bo‘lsayu, ularga jonkuyar va xayrixoh bo‘lmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi»,
deyilgan.
654/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening uyimdalik
paytlarida quyidagicha so‘zlarni aytardilar: «Allohim, kimni ummatimning ishida boshliq
qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga beshafqat bo‘lsa, Sen ham unga beshafqat bo‘lgin. Kimni
ummatimning biror ishida boshliq qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga muloyim bo‘lsa, Sen
ham unga muloyim bo‘lgin».
Imom Muslim rivoyatlari.
655/4. Abu Hurayradan
(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Bani Isroil
jamoasiga payg‘ambarlar boshliq bo‘lar edi. Qachon bir payg‘ambar vafot etsa, o‘rniga
boshqa payg‘ambar qolar edi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘qdir. Balki mendan
keyin yaqin kunlarda xalifalar bo‘lib, ular ko‘payib ketishadi», dedilar. Sahobalar: «Ey
Allohning Rasuli! O’sha kun kelsa, bizga nimani buyurasiz?» deyishdi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.)
«Avval kimga bay’at qilgan bo‘lsangiz, o‘shanga vafodor turing. Keyin o‘sha
avvalgining haqqini ado qilib bering. O’zingizning haqqingizni esa Allohdan so‘rang.
Chunki Alloh boshliq etib tayinlaganlardan o‘zi so‘roq-savol qiladi», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
656/5. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ubaydulloh ibn Ziyodning
huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman. Albatta,
boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa
bo‘lishdan chetlangin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
657/6. Abu Maryam al-Azdiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviyaga <^>: «Men
Rasulullohdan S: «Kimni Alloh musulmonlar ishida boshliq qilsayu, u o‘zi bilan
musulmonlar orasini to‘sib turuvchi qo‘riqchi qo‘ysa, shu tufayli musulmonlar o‘z
hojatlari, ehtiyojlari va kambag‘alliklarini ayta olishmasa, Alloh taolo ham Qiyomat kuni
o‘sha boshliqning hojatini va arz-dodini tinglamaydi», deganlarini eshitdim», deb
aytdilar. Muoviya bu hadisni eshitganlaridan keyin odamlarning hojatini chiqaradigan
bo‘ldilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: