Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
68-BOB 
Parhezkor bo‘lish hamda shubhali narsalarni tark etish haqida 
Alloh taolo: 
«Va buni yengil ish deb o‘ylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ 
(gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat). 
«Shak-shubhasiz Parvardigoringiz 
(barcha narsani) 
kuzatib turguvchidir» 
(Fajr 
surasi, 14-oyat), deb aytgan. 
587/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, halol 
ochiq-ravshandir. Albatta, harom ham ochiq-ravshandir. Ikkovining o‘rtasida shubhali 
narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va 
obro‘sini pokiza saqlabdi. Kimki shubhali narsani qilsa, harom narsaga yo‘liqibdi. U xuddi 
hayvonlarni boquvchi cho‘ponga o‘xshaydiki, hayvonlari o‘tlatish man etilgan joylarga 
kirib o‘tlab qolishi mumkin (Va cho‘pon bu gunohi uchun jazoga mustahiq bo‘ladi). Ogoh 
bo‘ling, har bir podshohning kirish man etilgan qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
125
qo‘riqxonasi harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar 
u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi 
fasod bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yo‘lda (ketaturib) bir xurmo 
topib oldilar. Va: «Agar sadaqa bo‘lishdan qo‘rqmaganimda, uni yegan bo‘lar edim», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
589/3. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xusni-xulqli 
bo‘lish komil yaxshilikdir. Gunoh esa diling taraddudlanib, odamlar undan xabardor 
bo‘lishlarini xohlamaganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
590/4. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasulullohning (s.a.v.) 
huzurlariga borsam, u zot: «Yaxshilik haqida so‘ragani keldingmi?» dedilar. Men: «Ha», 
dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Bu haqda sen qalbingdan fatvo so‘ragin. Agar nafsing va 
qalbing unga xotirjam bo‘lsa, demak, u yaxshilikdir. Ammo nafsingda va qalbingda 
taraddud bo‘lsa, demak shu yomonlikdir. Agar odamlar senga va sen ularga fatvo 
bersang ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati. 
Foyda: 
Bu Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalaridan bo‘lib, huzurlaridagi kishi hali 
so‘ramasidan turib savoliga javob qaytarayaptilar. 
591/5. Abu Sirva’ata Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Ihob ibn 
Azizning qiziga (Ya’ni, Ummu Yahyoga) uylandilar. Bir kuni bir xotin kelib: «Men seni 
xam, xotiningni ham emizganman», dedi. Shunda Uqba (r.a.): «Sen meni emizganingni 
ham bilmayman va bu haqda xabar ham bermagansan», dedilar-da, ulovlariga minib, 
Madinaga - Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bu masala haqida u zotdan so‘radilar. 
Rasululloh (s.a.v.) «Gap tarqab bo‘pti-ku, qandoq qilib uni xotin qilasan», dedilar. Keyin 
Uqba (r.a.) uni qo‘yib yubordilar. U xotin esa boshqa erga tegib ketdi. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
592/6. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shubhali narsani 
shubhasiziga qo‘y (Ya’ni shubhali narsani tark etib, shubhasiz narsani ol)», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari. 
593/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xizmatkor bolalari 
bo‘lib, ishlab topgan narsasidan Abu Bakr (r.a.) uchun hissa chiqarib berar edi. Abu Bakr 
(r.a.) o‘sha hissadan tanovul qilardilar. Bir kuni u bola bir narsa olib kelgan edi, Abu 
Bakr (r.a.) undan yedilar. Shunda haligi bola: «Bu yegan narsangizning nimaligini 
bilasizmi?» dedi. Abu Bakr (r.a.) «Nima u?» dedilar. U bola: «Men johiliyat paytlarida fol 
ochishni bilmasam ham, aldab unga fol ochgan edim. O’sha kishi men bilan ko‘rishib, 
o‘sha narsaning haqqini berdi. Siz o‘sha narsadan tanovul qildingiz», dedi. Abu Bakr 
(r.a.) esa qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi barcha narsani qayt qilib tashladilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
594/8. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob (r.a.) ilk muhojirlarga to‘rt 
ming (dirham)dan tayin qildilar. O’g‘illari Abdullohga esa uch yarim ming (dirham) tayin 
etdilar. Shunda u zotga: «Bu o‘g‘lingiz ham muhojirlardan-ku, nima uchun kam 
berdingiz?» deyilganida, u zot: «Chunki buni otasi hijratga olib chiqqan. Ya’ni o‘zi hijrat 
qilganlar toifasidan emas», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
595/9. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda, 
shubhali narsalarga yo‘liqib qolmay deb, shubhasiz narsalarni ham qilmasa, o‘shanda 
taqvodorlar darajasiga yetishadi», delilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish