Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


-BOB  Qo‘shnining haqqi va bu to‘g‘ridagi vasiyatlar bayoni



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

39-BOB 
Qo‘shnining haqqi va bu to‘g‘ridagi vasiyatlar bayoni
Alloh taolo: 
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-
onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va 
begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va 
qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!», 
deb aytadi (Niso surasi, 36-
oyat). 
304/1. Ibn Umar (r.a.) va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil 
alayhissalom menga qo‘shni haqida shunchalik davomli, ko‘p vasiyat qilganlaridan 
qo‘shni merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb gumon qildim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
305/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Zarr, agar 
sho‘rva pishirsang, uning suvini ko‘paytirib, qo‘shnilaringdan ham xabar olgin», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Abu Zarr (r.a.) aytdi: 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
«Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘paytirgin. Va 
oila a’zolaringdan bo‘lgan qo‘shnilaringga ham yaxshilik ila undan quyib bergin», deb 
vasiyat qildilar». 
306/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, 
mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas!» 
deganlarida, sahobalar tomonidan «Kim u, ey Allohning rasuli?» deyildi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): «Yomonliklaridan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishidir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Muslimning rivoyatlarida: «Yomonliklardan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishi jannatga 
kirmaydi», deyilgan. 
307/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey muslima ayollar, 
bir qo‘shni ikkinchi bir qo‘shnisiga agar qo‘yning tuyog‘ini tuhfa qilib berishda ham hech 
bir narsani oz ko‘rmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
308/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘shni qo‘shnisini 
devoriga (yog‘och) mix qoqishdan man qilmasin», dedilar. So‘ngra Abu Hurayra (r.a.): 
«Nima uchun men sizlarni bu sunnatdan yuz o‘girgan holda ko‘ryapman?! Allohga 
qasamki, men sunnatni kaftlaringiz o‘rtasiga qo‘yaman (ya’ni, oralaringizga tashlab, bu 
mas’uliyatdan o‘zimni qutqaraman)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
309/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohga va 
oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kimki Allohga va oxirat kuniga 
imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa
yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
310/7. Abu Shurayh al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki 
Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va 
oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga 
imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Muslim mana 
shu lafz ila rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy esa ba’zisini rivoyat qilganlar. 
311/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, mening ikki 
qo‘shnim bordir. Qaysi birlariga hadya qilay?» desam, u zot (s.a.v.) «Eshigi yaqiniga», 
dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
312/9. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh 
huzuridagi do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun xayrli bo‘lganidir. Alloh huzuridagi 
qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun xayrli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish