Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
32-BOB
Zaif, kambag‘al va ovoza bo‘lmagan musulmonlarning fazilati 
Alloh taolo: 
«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab Unga 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
62
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini 
ko‘zlab, ulardan o‘tib 
(o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)», deb aytgan (Kahf surasi, 28-
oyat). 
253/1. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga ahli 
jannat kimlar ekanligini aytaymi? Ular har bir zaif va odamlar nazariga ilmaydigan 
bechorahol kishilardir. Agar bu zaif kishi Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, qasamining 
ustidan chiqadi. Ogoh bo‘linglar! Sizlarga ahli do‘zax kimlar ekanini aytaymi? Ular qo‘pol, 
dag‘al, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
254/2. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi 
Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan o‘tib ketdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida o‘tirgan boshqa bir 
kishiga: «O’tib ketgan shaxs haqida qanday fikrdasan?» deganlarida, u kishi: «Bu 
odamlarning oliy tabaqalisidir. Agar mana shu kishi sovchi bo‘lsa, qizingizni 
uzatmoqlikka haqlidir. Agar vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lishga haqlidir», dedi. Rasululloh 
(s.a.v.) jim turdilar. So‘ngra oldilaridan boshqa bir kishi o‘tdi. Rasululloh (s.a.v.) 
yonlaridagi kishiga: «Bu haqda nima deysan?» dedilar. U kishi: «Bu o‘tib ketgan kishi 
musulmonlarning kambag‘alidir. Agar sovchi bo‘lsa, qizni uzatmaslikka, vositachi bo‘lsa, 
shafe’ bo‘lmaslikka va agar gapirsa, so‘zini eshitmaslikka haqlidir», dedi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) «Bu kambag‘alning bitta o‘zi yer yuzini to‘ldiruvchi oliy tabaqali 
kishilardan yaxshidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
255/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat va 
do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar 
bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning 
o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan 
bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen 
Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga 
uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
256/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni jismi 
katta va semiz kishilar kelishadi. Ularning Alloh huzurida pashsha qanoticha ham 
vaznlari bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
257/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qora ayol (yoki yosh yigit) masjidni 
supurib yurar edi. U ko‘rinmay qoldi. Rasululloh (s.a.v.) u haqda sahobalardan 
so‘raganlarida, ular: «O’ldi», deb aytishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Menga bu haqda 
bildirmadinglarmi?» dedilar. Sahobalar uning ishini yengil sanab xabar berishmagan edi. 
Rasululloh (s.a.v.) «Meni uning qabriga olib boringlar», deb aytdilar. Sahobalar u zotni 
o‘sha ayol (yoki yigit) qabriga olib borishdi. Rasululloh (s.a.v.) unga namoz o‘qidilar. 
So‘ngra: «Albatta bu qabrlar ahlini zulmat qoplagandir. Alloh taolo mening duoim ila 
ularni nurlantirib turadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
258/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qancha sochi 
to‘zigan, chang bosgan va eshiklardan quvilgan kishilar borki, agar ular Alloh nomiga 
qasam ichib bir narsani bo‘lsin yoki bo‘lmasin, desa, Alloh uni ro‘yobga chiqaradi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
259/7. Usomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat eshigi oldida 
turdim. U yerga kirayotganlarning ko‘pi bechoralar ekan. Lekin davlatmandlar 
(bechoralardan keyin kirsin, deb) to‘xtatib qo‘yilibdi. Do‘zaxiylar do‘zaxga kirsin, deb 
buyurildi. Men do‘zax eshigi oldida turib ko‘rdimki, do‘zaxga kiruvchilarning aksari 
ayollar ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
260/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Beshikda turib 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish