Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
174/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.)
«Kim yaxshilikka dalolat qilsa (yo‘naltirsa), unga amal qiluvchining
savobidek ajr yoziladi», de dil ar.
Imom Muslim rivoyatlari.
175/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim hidoyatga
chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan
kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi
kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan
biror narsa kamaymaydi» dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
176/3. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) Xaybar kuni: «Ertaga bu bayroqni bir kishiga beramanki, Alloh taolo u kishining
qo‘lida (mamlakatni) fath qiladi. U Alloh va rasulini yaxshi ko‘radi. Uni ham Alloh va
rasuli yaxshi ko‘radi», deganlarida, kishilar u bayroqni qaysi birlariga berilishi haqida
kechasi gaplashib chiqishdi. Qachonki, tong otganida kishilar Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga yetib kelishdi. Barchalari bayroqni o‘zlariga berilishini umid qilishar edi.
Rasululloh (s.a.v.)
«Ali ibn Abu Tolib qaerda?» deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli,
uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot: «Meni uning oldiga olib boringlar», dedilar. Bas,
u zot olib borilganida, Alining (r.a.) ko‘zlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar.
Bas, u kishi xuddi og‘riq bo‘lmagandek tuzalib ketdilar. Va bayroq u zotga berildi.
Shunda Ali (r.a.): «Ey Allohning rasuli, ular biz kabi (musulmon) bo‘lmagunlaricha
urushavermaymi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.)
«Sen ularning turgan joylarigacha
oxista yurib bor. Keyin ularni Islomga chaqir. Va Allohning haqqidan vojib bo‘lgan
narsalarning xabarini ber. Allohga qasamki, Alloh taolo sen sababli bir kishini hidoyat
qilmog‘i qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. (Qizil tuya o‘sha paytda arablardagi
eng qimmatbaho buyum bo‘lgan.)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
177/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Aslam qabilasidan bo‘lgan bir yigit: «Ey
Allohning rasuli, men g‘azotga (urushga) borishni xohlayman-u, lekin unga
tayyorgarligim yo‘q», deganida, u zot: «Falonchi kishiga borgin, u urushga tayyorgarlik
qilgan-u, ammo kasal bo‘lib qoldi», dedilar. Yigit haligi kasal kishi huzuriga borib:
«Rasululloh (s.a.v.) senga salom yo‘lladilar va tayyorgarlik qilib qo‘ygan narsangni
menga berishingni aytdilar», deganida, u kishi xotiniga: «Ey falonchi, men tayyorlab
qo‘ygan narsani bu yigitga berib yubor. Undan biror narsani olib qolmagin. Allohga
qasamki, undan biror narsa olib qolsang, baraka berilmas», dedi.
Imom Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: