www.ziyouz.com
kutubxonasi
320
yuradi, ammo uni oladigan biror kishi topa olmaydi. Va yana bir erkak qaramog‘ida
qirqta xotin bo‘ladi. Hammalari unga tobe’ bo‘lishadi. Bu narsa o‘sha paytda xotinlar ko‘p
bo‘lib, erkaklar ozayib ketganligidan sodir bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1825/19. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi boshqa
bir kishidan yer sotib oladi. Sotib olgan kishi o‘sha yerdan bir xum tilla topib oladi. Keyin
u kishi avvalgi egasiga borib: «Tillangni olgin. Men sendan yer sotib olganman, tilla
emas», deydi. Avvalgi egasi esa: «O’zing ol. Chunki men senga yer va undagi narsalarni
sotganman», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan bir kishini hakam qilishadi. U hakam:
«Ikkovingizda farzand bormi?» deb so‘raydi. Biri: «O’g‘lim bor», deydi. Ikkinchisi:
«Qizim bor», deydi. Hakam: «Ularning ikkovini nikohlab, tillani o‘shalarga ishlatinglar»,
deydi. Ikkovlari hakamning aytganini qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Foyda: bu avvalgi ummatlar shariatidagi narsa bo‘lib, bizning shariatimizga muvofiq
emas. Bizning shariatimizda topib olingan narsalar haqidagi ma’lumot fiqh kitoblarida
batafsil so‘zlangan.
1826/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(O’tgan
zamonda) ikkita xotin bor edi. Ikkovining yosh go‘dagi turganida, bo‘ri kelib bolaning
bittasini olib ketdi. Biri: «Bo‘ri sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkinchisi: «Sening
bolangni olib ketdi», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan Dovud alayhissalomni hakam
qilishadi. Dovud alayhissalom kattasining foydasiga hal qilib beradilar. Ya’ni, qolgan
bolani unga beradilar. Ular tashqariga chiqishganda, Dovudning o‘g‘illari Sulaymon
alayhimssalomni uchratib, bo‘lib o‘tgan voqeaning xabarini berishadi. Sulaymon
alayhissalom: «Pichoq olib kelinglar, men uni ikkiga bo‘lib, ikkovingizga taqsimlab
beraman», deydilar. Bu so‘zni eshitib kichigi: «Alloh sizga rahm qilsin. Bu bola unikidir,
endi da’vo qilmayman. Bola qaerda bo‘lsa ham, sog‘-salomat yursa bo‘ldi», deydi.
Sulaymon alayhissalom haqqiqatni anglab: «Qolgan bola shu kichik xotinga tegishli»,
deb hukm qiladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1827/21. Mirdos al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih va
taqvodor zotlar orqama-orqa o‘tib ketishadi. Xurmo yoki arpa sarqitlari kabi odamlarning
qoldiq (yomon)lari qolishadi. Alloh taolo ularga parvo qilmaydi va ahamiyat bermaydi»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Foyda: solih zotlarning vafot etib, kamayib borishlari ham qiyomat alomatlaridan
biridir.
1828/22. Rifo’a ibn Rofe’ az-Zuraqiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Sizlar Badr g‘azotida qatnashganlarni qanday
mavqe’da, deb bilasizlar?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Biz ularni musulmonlarning
eng afzali, deb bilamiz», dedilar. (Yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar.) Shunda Jabroil
alayhissalom: «Biz ham Badr jangida ishtirok etgan farishtalarni eng afzalimiz, deb
bilamiz», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.
1829/23. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh taolo
biror qavmga azob yuborsa, u azob o‘sha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi.
Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Foyda: azob tushsa, yaxshi-yu yomonni halok qiladi. Lekin qiyomatda niyatlariga
qarab, ya’ni yaxshi bo‘lsa, yaxshilar qatorida, yomon bo‘lsa, yomonlar qatorida tiriladi.
Shuning uchun yomonlar bilan aralashib yurishdan ogohlantiriladi.
1830/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xurmo to‘nkasi ustiga
chiqib xutba aytdilar. Qachonki, minbar qo‘yib berilganida, u to‘nkadan ovoz chiqqanini
eshitdik. Ovoz qornida homilasi o‘n oylik bo‘lgan tuyaning ovoziga o‘xshardi. Rasululloh
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |