www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
74/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Menga ummatlar
ro‘baro‘ qilindi. Men hamrohlari bilan birga ketayotgan bir nabiyni ko‘rdim. Yana bir
nabiyni ko‘rdimki, u kishi bilan bir yoki ikki kishi birga edi. Uchinchi bir nabiyni ko‘rdimki,
u bilan biror kishi yo‘q edi. Shu payt ko‘p kishilar ko‘rsatildi. Men esa ular
ummatimmikan, deb gumon qildim. Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari edi.
Lekin sen u tomonga qara, deyildi. Men qarasam, unda ko‘p kishilar bor ekan. Boshqa
tomonga ham qara, deyildi. Qarasam, unda ham ko‘p kishilar bor ekan. Shunda «Bu
ummatingdir. Ular bilan yetmish ming kishi borki, ular hisob-kitobsiz, azobsiz jannatga
kirishadi», deyildi», dedilar. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib, manzillariga
kirib ketganlarida, kishilar o‘sha jannatga hisob-kitobsiz, azobsiz kiruvchilar haqida
gurunglasha boshlashdi. Ba’zilar: «Shoyad, Rasululloh (s.a.v.) suhbatlarida bo‘lgan
kishilar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Ba’zilar esa: «Shoyad, Islomda tug‘ilib, Allohga
biror narsani shirk keltirmaganlar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Va yana ko‘p narsalarni
zirk qilishdi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) ular huzuriga chiqib: «Nima haqda
gurunglashyapsizlar?» deganlarida, ular buning xabarini berishdi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.) «Ular dam solmagan, dam soldirmagan, fol ochmagan va Rabbilariga tavakkal
qilgan kishilardir», dedilar. Ukkosha ibn Muhsin o‘rnidan turib, «Meni o‘shalardan
qilishini Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Sen ulardansan»,
dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi turib: «Meni ham o‘shalardan qilishini Allohdan so‘rab
duo qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ukkosha u haqda so‘rashda sendan o‘zib
ketdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
75/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma laka
aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu.
Allohumma a’uzu bi’izzatika la ilaha illa anta an tudillaniy antal hayyullaziy la tamutu val
jinnu val insu yamutuna» (ya’ni: «Allohim, Senga bo‘yin egdim. Senga imon keltirdim.
Senga tavakkal qildim. Sen tomonga qaytdim. Sening (yo‘lingda) janjal qildim. Allohim,
izzating ila meni adashtirmog‘ingdan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen
tirikdirsan, o‘lmaysan. Jin va inslar o‘lishadi»), deb aytardilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
76/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlanganida:
«Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», ya’ni «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng
yaxshi ishonchli vakildir», deb aytdilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Sga
ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan,
qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz
Allohning O’zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» deb aytdilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
Ibn Abbosdan qilingan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Ibrohim alayhissalom o‘tga
tashlangan paytdagi oxirgi so‘zlari «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» edi.
77/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qancha jamoat
jannatga kirishadi. Ularning qalblari xuddi qushning qalbiga o‘xshaydi», dedilar (ya’ni,
Allohga tavakkallari kuchli bo‘lganidan qalblari qush qalbi kabi nozik bo‘ladi). Imom
Muslim rivoyatlari.
78/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Najd tomonda Rasululloh (s.a.v.) bilan
birga g‘azot qildilar. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) qaytganlarida, bu zot ham ular bilan
birga qaytdilar. Tikani ko‘p vodiyga kelinganida, ularning qaylula qilgilari kelib qoldi.
Rasululloh (s.a.v.) u yerga tushdilar. Odamlar ham daraxt soyasini axtarib tarqalishdi.
Rasululloh (s.a.v.) akas daraxtlaridan birining ostiga tushib qilichlarini osib qo‘ydilar.
«Biz birozgina uxlaganimizda, nogahon Rasululloh (s.a.v.) bizni chaqirib qoldilar. O’sha
payt huzurlarida bir sahroyi odam turardi. Rasululloh (s.a.v.) «Men uxlayotganimda bu
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |