www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
namozni ado etishga, zakotni berishga, har bir musulmonga nisbatan xayrixoh bo‘lishga
bay’at berdim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1213/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror tilla yoki
kumush egasi uning haqqini ado etmasa, ya’ni zakotini bermasa, Qiyomat kunida o‘sha
tilla-kumushlar o‘tda eritilib, tekislab, jahannam olovida qizdirilib, egasining yoni,
peshonasi va orqa tomonlariga bosiladi. Har gal soviganda qaytadan qizdiriladi. Bu narsa
bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Ya’ni Alloh taolo avvalgiyu
oxirgi odamni hisob-kitob qilib, hukmini eshittirguncha, u odam shu azobda bo‘ladi.
So‘ngra u kishi o‘z yo‘liga qo‘yib yuboriladi. U jannat yo do‘zaxga ravona bo‘ladi»,
deganlarida sahobalar so‘rashdi: «Unda tuyasiga zakot bermaganlarning ahvoli qanday
bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar tuya egalari uning haqqini ado etishmasa, ya’ni
zakotini berishmasa va haqlaridan yana biri — uning sutidan sog‘ib, yordamchilarga va
muhtojlarga bermasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Barcha tuyalar, hatto eng
kichik bolasi ham, egalarini tuyog‘lari bilan bosib, og‘izlari bilan tishlashadi. Bosib,
tishlab oxiriga yetishsa, yana boshidan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga
to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Tuya egasi butun xaloyiq hisob-kitobdan forig‘
bo‘lguncha shu tarzda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona
bo‘ladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Unda mol va qo‘ylariga zakot
bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar mol va qo‘y egalari
uning haqqini ado qilishmasa, ya’ni zakot berishmasa, tekis sahroga yuzi bilan
yotqiziladi. Mol va qo‘ylarning barchasi keladi. Ular orasida shoxi qiyshaygani, shoxi
yo‘g‘i va shoxi singani bo‘lmaydi. Ular egalarini shoxlari bilan suzib, tuyoqlari bilan
ezg‘ilashadi. Oxiriga yetishsa, yana qaytadan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming
yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Mol va qo‘y egasi butun xaloyiq hisob-
kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu azobda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi
makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli? Otga
zakot bermaganlar-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Ot uch turli bo‘ladi. 1. Egasiga gunoh olib
keladigan; 2. Egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi; 3. Egasiga savob olib keladigan. Gunoh
olib keladigani — egasi riyo (xo‘jako‘rsinga), faxrlanish va Islomga dushmanlik qilish
uchun olgan otlar. Do‘zaxdan to‘siq bo‘ladigani — egasi uni Alloh yo‘lida bog‘lab boqsa
va ustidagi, gardanidagi haqlarini unutmasdan ado etsa, u ot egasiga do‘zaxdan to‘siq
bo‘ladi. Savob olib keladigani — egasi uni Islom uchun Alloh yo‘lida ko‘kalamzor yerga
bog‘lab boqsa, ot o‘sha ko‘kalamzor bog‘dan biror nima yesa, o‘sha yegani adadicha,
tezagi hamda siydigi miqdoricha hasanot yoziladi. Agar u ot tizginini uzib, bir tepalikdan
boshqa tepalikka o‘tsa, uning qadamlari va tezaklari adadicha hasanot yoziladi. Va yana
egasi biror anhor yoqasidan o‘tsayu otini sug‘orishni istmasa ham ot o‘sha suvdan ichsa,
bunda ham ichganining adadicha hasanot yoziladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi:
«Ey Allohning Rasuli! Eshak haqida-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Eshak haqida menga
hamma ma’noni o‘z ichiga oluvchi quyidagi oyatgina nozil bo‘lgandir», dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |