Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
141
qo‘ydim. Keyin Abu Bakr (r.a.) menga yo‘liqib: «Ey Umar, qizingni menga taklif
qilganingda biror javob qilmasdan jim turganimdan xafa bo‘lgan bo‘lishing mumkin»,
degandilar. Men: «Ha», deb javob berdim. Shunda Abu Bakr (r.a.): «Sen
qizingni taklif
etganingda biror mone’lik yo‘q edi. Lekin Rasululloh (s.a.v.) qizingni nikohlariga olish
istaklari borligini bilar edim. Men u zotning sirlarini fosh qilmay, deb javob bermadim.
Agar u zot qizingni nikohlariga olmaganlarida, albatta, men olar edim», dedilar».
Imom
Buxoriy rivoyatlari.
686/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) hamma xotinlari u
zotning huzurlarida turishgan edi. Shu payt qizlari Fotima (r.a.) kelib qoldilar.
Fotimaning (r.a.) yurishlari otalarining yurishlaridan hech farq qilmas edi.
Otalari
Fotimani ko‘rib: «Marhabo, xush kelibsiz, qizim», deb peshvoz chiqdilar. Keyin o‘ng
tomonlariga yoki chap tomonlariga o‘tkazdilar. Va quloqlariga nimanidir pichirlab
gapirdilar. Fotima (r.a.) bu so‘zdan qattiq yig‘ladilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlaridagi
betoqatlikni ko‘rib, yana qizlarining qulog‘iga nimanidir pichirladilar. Fotima (r.a.)
bundan kuldilar. Shunda men Fotimaga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) shuncha xotinlari
ichida
sizni xoslab, sir aytsalar, siz nimaga yig‘laysiz?» dedim. Keyin Rasululloh (s.a.v.)
o‘rinlaridan turib ketganlarida, Fotimadan
&: «Rasululloh (s.a.v.) senga nima dedilar?»
deb so‘rasam, u: «Rasulullohning (s.a.v.) sirlarini fosh qilmayman», dedi. Rasululloh
(s.a.v.)
vafot etganlarida, men yana Fotimadan (r.a.): «Onalik haqqi-hurmati,
Rasululloh o‘sha kuni nima dedilar?» desam, Fotima (r.a.): «Endi mayli, aytib beraman.
Avvalgi gal qulog‘imga pichirlaganlarida aytdilarki: «Jabroil alayhissalom har yili kelib bir
(yo ikki) marta Qur’onni ko‘rikdan o‘tkazardilar. Hozir ikki marta Qur’onni ko‘rikdan
o‘tkazdilar. Ajalim yaqinlashib qolganini his qilayapman. Allohdan taqvo qilib, sabr etgin.
Men sen uchun naqadar yaxshi peshvodirman». Shu gapdan keyin siz guvohi bo‘lgan
o‘sha yig‘i zohir bo‘ldi. Mendagi betoqatlikni ko‘rib, ikkinchi marta qulog‘imga pichirlab:
«Ey Fotima, mo‘mina ayollarning sayyidasi yoki bu ummat ayollarining sayyidasi
bo‘lishga rozi emasmisan?» degandilar. Mana shu gapdan keyin siz o‘sha guvohi bo‘lgan
kulgu zohir bo‘ldi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Lafz Imom Muslimniki.
687/4. Sobit (r.a.) Anasdan (r.a.)
qilgan rivoyatlarida, Anas (r.a.): «Men bolalar bilan
o‘ynayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) bizning huzurimizga kelib, salom berdilar va meni
bir ish bilan bir joyga yubordilar. O’sha xizmat sabab bo‘lib, onamning xizmatlaridan
kechikdim. Qachonki
onam huzurlariga kelsam, onam: «Nima uchun kech qolding?» deb
so‘radilar. Men: «Rasululloh (s.a.v.) meni bir ish bilan yubordilar», dedim. Onam: «Nima
ish ekan?» deb so‘radilar. Men: «U - sir», deb aytdim. Shunda onam: «Rasulullohning
(s.a.v.) sirlarini hech bir kishiga aytmagin», dedilar. Anas (r.a.): «Allohga qasamki, ey
Sobit, agar u sirni biror kishiga aytganimda, senga allaqachon gapirib bergan bo‘lar
edim», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy esa ba’zisini qisqa holatda
rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: