www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
bomdoddan ortda qolaman», dedi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘sha kungi
g‘azablanganlaridek birorta mav’izada jahlilari chiqqanini ko‘rmaganman. Rasululloh
(s.a.v.) «Ey insonlar! Sizlarning ba’zilaringiz odamlarni jamoatdan qochirar ekansizlar.
Bundan keyin sizlardan qaysi biringiz imomlik qiladigan bo‘lsa, namozini qisqa qilsin.
Chunki uning orqasida keksa yoshlilar, kichik yoshlilar va hojatmandlar bordir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
649/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men tokchalarimdan biriga yupqa parda tutib
qo‘ygan edim. Uning suratlari bor edi. Rasululloh (s.a.v.) safardan kelib, nogahon unga
ko‘zlari tushib qolib, yirtib tashladilar. Va (g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi.
Va u zot: «Ey Oisha, Qiyomat kuni Allohning huzurida hammadan ko‘p azoblanadigan
kishi bir narsani yaratishda o‘zlarini Allohga o‘xshatgan kishilardir», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
650/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik
qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan
(u ayol jazosining ijro
etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganda, ba’zilari: «Usoma ibn Zayd borib
gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. Bas, Usoma (r.a.)
shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u zot (s.a.v.)
«Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» dedilar-da,
o‘rinlaridan turib, quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatlarning halok
bo‘lishlariga sabab, oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, jazoni tark qilishar, zaif,
oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo) ijro etishar edi. Alloh nomiga qasamki, Muhammad
qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
651/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidning qibla tomonida
balg‘am ko‘rib qoldilar. Bu narsa u zotga juda og‘ir botdi. Hattoki uning asorati yuzlarida
ko‘rindi. Bas, o‘rinlaridan turib, uni qo‘llari bilan ishqab ketkazdilar-da: «Sizlardan
birortangiz namozda turadigan bo‘lsa, u namozda Rabbisiga murojaat qiladi. Rabbisi esa
u bilan qibla orasida bo‘ladi. Shundoq ekan, sizlardan birortangiz qibla tomonga
tupurmasin. Balki chap tomoniga yoki qadami ostiga tupursin», deb, keyin
choponlarining bir tomoniga tupurdilar-da, uni bir-biriga ishqab: «yoki mana shundoq
qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Chap tomoni va oyog‘i ostiga tupurishi masjiddan tashqaridadir. Agar masjid
ichida tupurishga majbur bo‘lib qolsa, choponining bir tarafiga tupurib, ishqab tashlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |