www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
eng chiroyli namunasini ko‘rsatdilar. Bu ishlari kambag‘al va miskinlarni o‘ksitmaslik
uchun edi. Lekin bunday qilish odamlarga vojib emas.
Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) juni issiq suv bilan olinib,
butunicha pishirilgan qo‘yni ko‘zlari bilan ko‘rmadilar», deyilgan.
Foyda:
Bu kabi kichik qo‘yning junini yulib, uni butunicha pishirish isrof qilib haddan
oshuvchilarning amalidir.
494/5. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men nabiyingiz Muhammad
(s.a.v.) qorinlarini to‘ydirish uchun yomon xurmoni ham topa olmaganlarini ko‘rdim»,
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
495/6. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.)
payg‘ambar etib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar oq non ko‘rmadilar»,
dedilar. Bu zotga: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida elak bo‘lganmi?» deyilganida:
«Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambar qilib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar elak
ko‘rmaganlar», dedilar. «Unda elakdan o‘tkazilmagan arpani qandoq tanovul
qilardinglar?» deyilganida, u zot: «Arpani un qilib, so‘ng uni puflar edik, shunda uning
kepaklari uchib ketardi. Qolganini xamir qilib, iste’mol qilar edik», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
496/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida
yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarni (r.a.) uchratdilar.
Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?», deganlarida, ikkovlari: «Ey
Allohning Rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Jonim Uning qo‘lida
bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar»,
dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida
yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush kelibsizlar, marhabo», deb aytdi.
Rasululloh (s.a.v.) «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?»dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik
suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh (s.a.v.) va ikki
birodarlarini ko‘rib: «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan
hurmatliroq kishi yo‘q», dedi. Va ketib, xurmosi bor bir novda ko‘tarib keldi. Unda
pishmagan, quritilgan va ho‘l xurmo bor edi. U: «Yenglar», deb iltifot qilib, qo‘liga
pichoq oluvdi, Rasululloh (s.a.v.) unga: «Qo‘ygin, sut berib turgan jonivorni so‘ymagin»,
dedilar. Keyin xonadon sohibi bir qo‘y so‘ydi. Ular bu qo‘ydan va haligi novdadagi
xurmodan yeb, ichimliklar ichishdi. Qachonki qorinlari to‘yib va suvga tashnaliklari
ketganidan keyin Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakr va Umarga (r.a.): «Jonim Uning qo‘lida
bo‘lgan zotga qasamki, Qiyomat kuni bu ne’matlar haqida so‘roqqa tutilasizlar. Sizlarni
ochlik uylaringizdan chiqargan edi. Sizlar esa bu ne’matlarga erishib qaytmoqdasizlar»,
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Bu yerda mehmon qilgan ansoriyning ismi Abul Haysam ibn Tayyihondir. Bu hadisni
Imom Muslimdan tashqari, Termiziy va boshqalar ham rivoyat qilishgan.
497/8. Xolid ibn Umar al-Adaviydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Utba ibn o‘azvon Basraning
amiri edilar. Alloh taologa hamdu sano aytib, quyidagicha xutba qildilar: «Ammo ba’d!
Albatta, dunyo o‘zining foniy ekanligini e’lon qildi. Va tezlik ila yo‘lga tushdi. Unda biror
qiziqarli narsa qolmadi. Faqatgina idish tagida qoluvchi sarqit kabi bir narsa qoldiki, uni
egasi qo‘lga kiritib jamlaydi. Albatta, sizlar bir diyorga ko‘chasizlarki, u yerda zavollik
yo‘q. Sizlar o‘zingizdagi bor narsani yaxshisi ila u yerga ko‘chinglar. Bizga xabar
berildiki, agar jahannam qirg‘og‘idan bir tosh uloqtirilsa, u yetmish yilda ham qa’riga
yetmaydi. Allohga qasamki, mana shu jahannam to‘ldiriladi. Sizlar bu aytilgan so‘zlardan
ajablanyapsizlarmi? Va yana xabar berildiki, jannatning ikki eshigi orasi qirq yillik yo‘ldir.
Shundoq kun keladiki, odamlar izdihom bo‘lganidan u yerda ham to‘lib ketadi. Men
Rasululloh (s.a.v.) bilan birga iymon keltirganlarning yettinchisidirman. Biz
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |