www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
dunyo ahlidan birortasining huzurida o‘tirgan bo‘lsam-ku, uning g‘azabidan uzr bilan
chiqib ketar edim. Chunki men fasohatli so‘zamol kishiman. Lekin bilaman, Allohga
qasamki, agar bu kun sizga yolg‘on gapirsam, mendan rozi bo‘laverasiz. Biroq tez
fursatda Alloh mendan sizni g‘azablantirib qo‘yadi. Agar sizga rost gapni aytsam, o‘zim
sizni g‘azablantirib qo‘yaman. Albatta, men Allohdan yaxshi oqibat umididaman. Allohga
qasamki, menda uzr yo‘qdir. Siz bilan birga bormay qolgan paytimda har galgidan kuchli
va badavlat edim», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishi haqiqatda rost gapirdi. Turgin,
to Allohning hukmi kelguncha kutib tur», dedilar. Bani Salamadan bo‘lgan kishilar
mening orqamdan ergashib, «Allohga qasam, biz seni bundan oldin gunoh qilganingni
bilmaymiz. Sen boshqa g‘azotga bormaganlar kabi uzr aytmading. Rasululloh
(s.a.v.)ning istig‘forlari sening gunohingga kifoya qiladi», deyishdi. Ular meni malomat
qilishda davom etishdi, hatto men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qaytib borib yolg‘on
gapirishni xohladim. So‘ngra ularga: «Bu kabi so‘z bilan mendan boshqa ham biror kishi
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldimi?» desam, ular: «Ha, ikki kishi kelib, sen aytgan
so‘zlarni aytdi. Senga aytilgan javob ularga ham aytildi», deyishdi. «Ular kim ekan?»
desam, ular: «Murora ibn Rabiy’ al-Amriy va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar», deyishdi.
Menga ikki solih kishini zikr qilishdiki, har ikkovi ham Badr ishtirokchilari bo‘lib, iqtido
qilishga munosibdir, deb qilgan qarorimdan qaytmadim. Rasululloh (s.a.v.) g‘azotga
bormay qolganlar orasidan biz uch kishi bilan so‘zlashishni man qildilar. Va bu hukm ila
xalq bizdan chetlandi. Hatto, yer ham men bilgan yerdan o‘zgacha bo‘lib qoldi. Biz mana
shu holatda ellik kecha turdik. Ammo ikki sherigim ojizlashib ketishdi. Ular uylarida
o‘ltirib olib faqat yig‘lashardi. Men esa qavmning yoshi va bardoshlisi bo‘lganim uchun
(ko‘chaga) chiqib, musulmonlar bilan birga namozda ishtirok etar edim. Va yana
bozorlarni aylanardim. Hech kim men bilan gaplashmas edi. Yana Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga borar edim. U zot namozdan keyin bo‘ladigan majlisda o‘ltirganlarida, borib
salom berardim-da, o‘zimga o‘zim: «U zot salomga alik olayotib, lablarini qimirlatdilarmi
yoki yo‘qmi?» deb, u zotga yaqin turib namoz o‘qirdim. Shu asnoda o‘g‘rincha nazar
solardim. Agar namozga yuzlansam, u zot menga nazar solardilar. Agar u zot tomonga
qarasam, mendan yuz o‘girib olardilar. Qachonki, kishilarning jafolari menga nisbatan
uzayib ketganda men uchun sevimli bo‘lgan amakimning o‘g‘li Abu Qatodaning bog‘i
devoridan tirmashib tushdim-da, unga salom berdim. Allohga qasam, u ham salomimga
alik olmadi. Men unga: «Ey Abu Qatoda, Allohning nomi ila sendan so‘rayman, men
Alloh va rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi?» desam, u sukut qildi. Ikkinchi bor
so‘radim. Sukut qildi. Uchinchi bor so‘raganimda: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq»,
degandi, men ikki ko‘zimdan yoshimni oqizib, devordan tirmashib orqamga qaytib
ketdim. Men Madina bozorlarida yursam, Madinaga don sotgani kelgan Shom
dehqonlaridan biri: «Kim menga Ka’b ibn Molikni ko‘rsatib qo‘yadi?» dedi. Odamlar
menga ishora qilishdi. U mening oldimga kelib o‘asson podshohi tomonidan bitilgan bir
maktubni uzatdi. Unda quyidagilar bitilgan edi: «Bizga xabar yetdiki, sening do‘sting
(boshlig‘ing) senga jafo qilibdi. Alloh xo‘rlik va zoe bo‘linadigan yerda turishni majbur
qilmagan. Bizning huzurimizga kel, biz senga (g‘amxo‘rlik qilib) tasalli beramiz». Bu
maktubni o‘qigan paytimda «Bu ham musibat-balolarning bir ko‘rinishidir», dedim.
Maktubni tandirga tashlab yoqib yubordim. Qirq kun ham o‘tdiki, vahiy to‘xtab qolgan
edi. Nogahon Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan bir elchi kelib: «Rasululloh (s.a.v.)
xotiningdan alohida bo‘lmoqni buyuryaptilar», dedi. Men: «Taloq qilaymi? Nima qilay?»
dedim. U: «Faqat alohida bo‘lib, yaqinlashma», dedi. Rasululloh (s.a.v.) bu hukmni ikki
birodarimga ham yuborgan edilar. Men xotinimga: «Sen o‘z uyingga borib, to Alloh
tomonidan hukm tushguncha u yerda turgin», dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Hilol ibn Umayya bechora qari
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |