www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarga amirlar boshliq qilinadi. Sizlar ularning ba’zi amallarini
shariatga muvofiq va ba’zisini muxolif topasizlar. Kimki ularni yomon ko‘rsa, o‘zini
oqlabdi. Kimki ularni inkor qilsa, omonda bo‘libdi. Lekin kimki ular qilayotgan ishlarga
rozi bo‘lib ergashsa (gunohkor bo‘libdi)», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli,
unday bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘q, modomiki,
oralaringizda namozni qoim qilishar ekan (urushmanglar)», de dil ar. Imom Muslim
rivoyatlari.
(Ya’ni, kimki qalbi bilan karih ko‘rib, qo‘li va tili bilan inkor qilishga qodir bo‘lmasa,
gunohlardan o‘zini oqlab, vazifasini ado qilibdi. Kimki toqati yetganicha inkor qilsa, bu
gunohlardan omonda bo‘libdi. Endi kimki ularning amallaridan rozi bo‘lib, ularga
ergashsa, gunohkor bo‘libdi.)
190/6. Ummul Hikam Zaynab binti Jahshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
bu onamiz huzurlariga qo‘rqqan va tashvishlangan holatda kirib kelib: «La ilaha illalloh
(taajjublanilganda shunday deyiladi), yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarning holiga
voy. Bu kunda Ya’juj va Ma’juj to‘sig‘idan mana shuncha ochilgandir», deb bosh barmoq
bilan uning yonidagi ishora barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. Shunda bu onamiz: «Ey
Allohning rasuli! Oramizda solihlar bo‘lsa ham, (ana shu kunda) halok bo‘lamizmi?»
deganlarida, u zot: «Ha, qachonki, yomon ishlar ko‘payib ketsa (yaxshilar ko‘p bo‘lsa
ham, umumiy halokat yuzaga keladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
191/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘l bo‘yida
o‘tirishdan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, buning chorasi
yo‘qdir. Chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bunga
ko‘nmasangizlar, o‘tiringlar-u faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar:
«Ey Allohning rasuli! Yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘zni
nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish,
yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
192/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishining qo‘lida
tilladan bo‘lgan uzukni ko‘rib, uni yechib oldilar-da, uloqtirib yubordilar. Va: «Sizlardan
biringiz bilib turib olovdan bo‘lgan cho‘g‘ni taqib oladi-ya», dedilar. Rasululloh (s.a.v.)
ketganlaridan keyin odamlar haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan boshqa yo‘l bilan
foydalangin», deyishganida, bu kishi: «Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.)
uloqtirgan narsani hecham olmayman», dedi.
193/9. Abu Said Hasan al-Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr (r.a.)
Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh (s.a.v.)dan
eshitganman. Albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen
ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. U: «O’tirgin, sen Muhammad
alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. U zot
esa: «Ularning kichigi bo‘lganmi? (Sahobalarning hammalari sof bo‘lishgan), balki
ulardan keyin va boshqalarda kichigi, degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
(Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husanning
qotillari Ubaydulloh Ibn Ziyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan hech narsa
to‘xtata olmas edi... -Tarj.)
194/10. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning
qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Bunday
qilmaydigan bo‘lsangizlar, Alloh taolo sizlarga bir baloni yuboradi. So‘ngra duo
qilsangizlar, duolaringiz qabul qilinmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
195/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jihodlarning
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |